Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hozir Ukraina uchun Rossiyaning kuz va qishda energetika infratuzilmasiga kutilayotgan hujumlaridan “himoya qalqoni” yaratish muhimligini taʼkidladi. Bu haqda Zelenskiy Ispaniyaning Granada shahrida OAV vakillari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida ishtirok etish uchun bu yerga kelgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir barcha davlatlar uchun asosiy vazifa nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, balki butun Yevropada birlikni saqlashdir.
“Bu biz duch kelayotgan eng katta sinov. Chunki Rossiya dezinformatsiya va soxta xabarlar bilan hujum qilmoqda”, — dedi u.
Ukraina prezidenti tilga olgan ikkinchi muhim masala — mamlakat uchun Rossiyaning qishki hujumlaridan, jumladan Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan “mudofaa qalqoni”ga ega bo‘lishdir.
Ispaniyadagi sammit davomida Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirish masalasi kun tartibida bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)