So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    2 yoshidan san’atga qadam qo‘ygan, otasidan erta ayrilgan va baxtini ikkinchi turmushidan topgan Rayhon G‘aniyeva 45 yoshni qarshi oldi (foto)

    19 sentabr, 19:03 123156

    O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillaridan biri bo‘lgan Rayhon G‘aniyeva 16-sentabr kuni 45 yoshni qarshiladi. Ijodda omadi kulgan xonanda hayotda ko‘plab qiyin kunlarni boshdan kechirgan. Xo‘sh, ijodkorni nimalar qiynagan, shaxsiy hayotidagi zarbalar unga qanday ta’sir etgan?  Quyida shu haqda so‘z yuritiladi. 

    1978-yilning 16-sentabrida Toshkentda tavallud topgan Rayhon G‘aniyeva uchun san’at olami begona emas. Uning otasi ham, katta bobosi ham san’atning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari bo‘lishgan.

    Foto: Instagram

    Xonandaning katta bobosi Nabi G‘aniyev o‘z davrining mashhur aktyor va rejissori bo‘lgan. U o‘zbek kino san’atining nodir durdona filmlari: “Nasriddin Buxoroda” (1943), “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1946) va “Farg‘ona qizi” (1948) kabilarni suratga olgan. Uning to‘rt farzandi bo‘lib, ularning birortasi san’atkor bo‘lishni istamaydi. Faqatgina o‘g‘li Hotamning farzandi Otabek G‘aniyev bobosining kasbini davom ettiradi.

    Foto: Kollaj

    Otabek G‘aniyev 1977-yili aktrisa Tamara Shakirova bilan oila quradi. Ikki ijodkorning muhabbatidan qo‘ng‘iroq sochli qizaloq Rayhon dunyoga keladi. Avvaliga hammasi yaxshi edi. Otabek G‘aniyev eng yaxshi rollarni ijro etayotgan paytda baxtsiz hodisaga uchrab, vafot etadi. O‘shanda Rayhon G‘aniyeva 6 yoshli qizaloq edi. Oila boshining erta vafoti yaqinlariga oson kechmagani aniq. 

    Foto: Instagram

    Tamara Shokirova bor e’tiborini ijodga qaratadi, nafaqat o‘zbek, balki ozarbayjon va hind kinoijodkorlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. 1993-yilgacha o‘ndan ortiq filmlarda suratga tushib, so‘ng ikkinchi bor oila quradi. Bu nikohidan yana bir qiz farzandli bo‘ladi va unga Nasiba deb ism qo‘yadi.

    — Bilasizmi, ko‘pchilik bolalik eng baxtli davr deydi. Ammo men o‘zimning bolaligim haqida bunday deyolmayman. Chunki bolaligim baxtli va quvonchli bo‘lmagan. Shuning uchun ham u kunlarni eslashni istamayman. Lekin 12 yasharligimda oyim menga kuchukcha sovg‘a qilgani bugungacha yodimda. Uzoq vaqt orzu qilgan narsamga ega bo‘lganimdan rosa xursand bo‘lgandim, — deydi xonanda intervyularining birida.

    Xonanda ilk yoshidayoq filmda suratga tushgan. U 1980-yili “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Leningradlik bolalarim” filmida Hadichaning farzandi rolini ijro etgan. Hadicha rolini esa onasi Tamara Shokirova ijro etgan.

    Foto: Skrin

    Rayhon san’atkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, onasi uning bu kasbni egallashiga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. 

    — Onam avvaliga san’atkor bo‘lishimni istamagan. Nega bunday qilganini aniq bilmayman. Ammo keyinchalik o‘zi qo‘llab-quvvatladi. Ammo san’atga bo‘lgan qiziqishim, xohishim barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimga kuch bergandi, — deydi xonanda intervyularining birida.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan Rayhon G‘aniyeva 1999-yili professional ijodga qadam qo‘yadi. U ilk bor 2000-yili suratga olingan “Tohir va Zuhra” musiqali filmidagi qo‘shig‘i bilan odamlar tiliga tushadi. O‘sha davrlarda xonandalar bugungidek ko‘p bo‘lmagan. Shu sabab ham Rayhonning qo‘shiqlari zamonaviy yoshlar orasida tez ommalashgan va xonanda 2002-yilda ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan. Omad kelsa, birvarakayiga keladi, deganlaridek, xonanda 2002-yilda “Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi. 

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Ammo odamlar orasida “Rayhon G‘aniyeva oqqon, saraton ekan. Shu bois unga ketma-ket mukofot topshirishyapti”, degan gap-so‘zlar ham tarqaladi. Ammo xonanda bu kabi mish-mishlarga e’tibor bermay, ijod qiladi. Ketma-ket yaratilgan hit qo‘shiqlar “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi”, “Yil qo‘shig‘i”, “Yilning eng yaxshi albomi” mukofotlarini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Rayhon G‘aniyeva ijodining eng gullagan davrlari 2005—2010-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda yaratilgan qo‘shiqlar esa hamon muxlislar tilidan tushmay kelyapti. “Yodingdami?”, “Kechir”, “Orzungga ishon”, “Doimo”, “Baka-baka bang” kabi qo‘shiqlari tinglovchilar tilidan tiliga o‘tib kelmoqda. Xonandaning har yilgi konsert dasturini esa muxlislar intiqlik bilan kutardi. U o‘zbek xonandalari ichida shou-konsertlar taqdim etishda, yangilikka qo‘l urishda hamon peshqadam bo‘lib kelmoqda.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Rayhon G‘aniyeva ijodi davomida o‘zini aktrisalikda ham sinab ko‘rdi. U ishtirok etgan “Kechir” filmini tomoshabinlar iliq kutib olgan. U mazkur filmning ssenariysini o‘zi yozgan va kartinada shou-biznes olamidagi illatlarni ochib berishga harakat qilgan.

    — “Kechir” filmidan keyin kino sohasiga qo‘l urmaslikka qaror qilganman. Juda qiyin va uzoq vaqt sarflanadigan ish ekan. O‘sha paytda filmlarga ham takliflar juda ko‘p bo‘lgan. Vaqtim tig‘izligi uchun barchasini rad etganman, — deydi xonanda intervyularining birida.

    Foto: Instagram

    2012-yil Rayhon G‘aniyeva uchun ham qayg‘uli, ham quvonchli keldi. U 2012-yilning fevral oyida volidasi Tamara Shokirovani yo‘qotdi. Aktrisa og‘ir xastalik sabab olamdan ko‘z yumdi. Ko‘p o‘tmay, noyabr oyida xonanda o‘z baxtini topdi. 34 yoshida Rayhon aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi. Biroq ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Rayhon ikki egizakning onasi bo‘lgach, Yigitali Mamajonov bilan ajrashdi.

    Foto: Instagram

    — Erim uchun o‘z vaqtida ovqatini tayyorladim, kiyimlarini dazmolladim, kirini yuvdim… Uyimni sarishtali va shinam tutdim. Ko‘p ayollar kabi erimdan qancha pul topayotganini so‘ramadim, — degandi xonanda Rayhon.

    Foto: MyDay.uz

    Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u “nima bo‘lishidan qat’i nazar” Yigitalini tushunishga, undan ayb izlamaslikka harakat qilgan. “Yoshimizdagi farq 12 yil. Men ham uning yoshidagi davrimni ko‘z oldimga keltirib, to‘g‘ri va adolatli munosabatda bo‘lishga intildim, — degandi Rayhon.

    Rayhon aynan nima sababdan Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotganini ma’lum qilmagan, faqat turmushida “juda murakkab vaziyat yuzaga kelgani” sabab ajrashishga qaror qilganini aytgan.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Rayhon G‘aniyeva farzandli bo‘lishni uzoq vaqt orziqib kutgan. 2014-yili bir emas, ikkita o‘g‘il farzandlarni dunyoga keltirdi. O‘sha paytda bolalarni otasidan ajratish unga ham oson kechmagani aniq.

    Farzandlarim otasini so‘raydi, albatta. Ular tez-tez ko‘rishib turadi. Bundan tashqari, men o‘zim Yigitalidan ular bilan tez-tez ko‘rishishini, muloqot qilishini so‘rayman. Har doim farzandlarimni otasini hurmat qilishga, sevishga o‘rgataman, chunki u o‘g‘illarimning otasi.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    O‘g‘illarim hozirgi turmush o‘rtog‘im bilan ham do‘stona munosabatda. O‘z o‘rnida, men ham turmush o‘rtog‘imning farzandlari bilan yaxshi munosabatdaman, ular bilan do‘st tutinganman, — degandi xonanda intervyusida.

    Foto: Instagram

    Xonanda 2015-yili rasman ajrashdi va oradan bir yil o‘tib, turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U boshlovchi Farhod Alimov bilan oila qurdi. Faqatgina navbatdagi to‘y boshqacha bo‘ldi. Xonanda to‘yi avvalgidek dabdaba bilan o‘tishini istamadi. Ammo Farhod Alimovning uchta farzandi borligini bilgan ba’zi negativchilar xonandani oilabuzarlikda ayblashdi.

    — Rayhonni oila qurmasdan avval ham yaxshi tanirdim. Chunki ikkimiz ham shou-biznesda faoliyat yuritamiz. Rayhon bilan oila qurmasimizdan ancha yil avval ajrashgandim. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan do‘stona munosabatda edik, ammo er-xotin sifatida bir-birimizni tushunmaganmiz. Farzandlarimni yaxshi ko‘raman, ular bilan haftasiga 2-3 bor birga bo‘lamiz, — degandi Farhod Alimov negativchilarga qarata.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    — Men birovning oilasini buzmayman va oilalar mustahkam bo‘lishi tarafdoriman. Hamma inson baxtli bo‘lishga haqli, — degandi Rayhon G‘aniyeva intervyularining birida.

    Farhod Alimov bilan qurilgan oila uzoqqa bormaydi, deb hisoblaganlar ham bo‘lgan. Ammo Rayhon otani bolalaridan ajratmaydigan inson ekanligini isbotlay oldi. U turmush o‘rtog‘ining farzandlarini oilaviy safarlarga olib boradi. Suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashni ham kanda qilmaydi.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Rayhon o‘zbek shou-biznesidagi eng tartibli xonandalardan biri. U kunini to‘g‘ri taqsimlashni va ortiqcha insonlarga vaqt sarflashni yomon ko‘radi. 

    — Eng sevimli mashg‘ulotim farzandlarim bilan birga bo‘lish. Men bolalarim bilan birga bo‘lsam dam olaman, — deydi xonanda intervyularining birida.

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Ayni kunda badavlat o‘zbek xonandasining hayoti ana shunday rang-barangliklarga boy. Qisqa qilib aytganda, u ham yulduz bo‘lib tug‘ilmagan va osonlikcha bugungi kunlarga yetgan emas.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov 73 yoshda vafot etdi

    Bugun, 11:26

    Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda

    Bugun, 10:30
    Reklama

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    Bugun, 11:24

    Teatrda suflyorlikdan aktyorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va 40 yoshdan keyin omadi kulgan Farhod Abdullayev 66 yoshda (foto)

    Bugun, 10:54

    O‘zbekistonda mayning faoliyatini quyosh energiyasi bilan amalga oshirish belgilandi

    Bugun, 10:52

    Venetsiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi (video)

    Bugun, 10:44

    “Bavariya” YCHL guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 36 taga yetkazdi

    Bugun, 10:25

    O‘zbekistonda 5-oktyabr kuni havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

    Bugun, 10:25

    Qashqadaryoda “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali ayol bilan tanishgan erkak uni o‘ldirib qo‘ydi

    Bugun, 10:04

    “Garri Potter” franshizasida eng ko‘p ekran vaqtiga ega bo‘lgan qahramonlar (foto)

    Bugun, 09:55

    Toshkent metrosida poyezd tormoz tizimidagi nosozlik sabab harakatlana olmadi

    Bugun, 09:54

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.