• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Dilxiroj”da bosh qahramonni Sevinchga boy bergan, “Faryod”dagi roli uchun mashinali bo‘lgan, “Baron”dagi obrazi ortidan tomoshabinlar nafratiga uchragan aktrisa Jamila G‘ofurova 39 yoshda

    O‘zbek tomoshabinlariga asosan salbiy rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Jamila G‘ofurova kinodagi faoliyatini ancha erta boshlagan. U 23 yillik faoliyati davomida davlat va xususiy kinostudiyalarning ko‘plab filmlarida suratga tushdi. Xo‘sh, aktrisaning ijodiy faoliyati qanday boshlangan, unga nasib etmagan rollar bormi? Jamila G‘ofurovaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    “Ota-onam xonanda bo‘lishimni istashmadi”

    Foto: Instagram

    Aktrisa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Shukur G‘ofurovning oilasida dunyoga kelgan. Otasi opera xonandasi bo‘lgani uchun ko‘plab san’at vakillari ularning xonadonida mehmon bo‘lishardi. Jamila G‘ofurova ham qo‘shiq aytishga va raqs tushishga qiziqardi.

    Foto: Instagram

    — Onam ham san’at institutida tahsil olgan. Ammo ketma-ket farzandli bo‘lgani va dadamning ko‘p gastrol safarlarida bo‘lgani uchun karyerasidan voz kechishga majbur bo‘lgan. Esimni taniganimdan boshlab raqs tushishni va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardim. Ammo ota-onam negadir xonanda bo‘lishimni istashmadi. Hozir musiqa maktabida o‘qimaganimga afsuslanaman.

    Foto: Instagram

    Ba’zan buning uchun ota-onamdan ranjigan paytlarim ham bo‘lgan. Onam negadir aktrisa bo‘lishimni orzu qilgan. Shu bois 14 yoshimdan “O‘zbekfilm”da o‘tkaziladigan kastinglarga olib borgan, — deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    “Kastingdan o‘tolmaganman”

    Aktrisa debyut rolga tasdiqlanishi qiyin kechgani va to‘laroq bo‘lgani uchun bu rolni Sevinch Mo‘minova ilib ketgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Skrin

    — Birinchi o‘ynagan kinomning o‘zidayoq kasting topshirganman. “Meshpolvon” deb nomlangan bolalar uchun ishlangan filmning kastingidan o‘ta olmaganman. Undan so‘ng 16 yoshimda “Dilxiroj” deb nomlangan filmga Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga kelganman. O‘shanda to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan.

    Foto: Instagram

    “Dilxiroj” filmida kasting ham bo‘lmagan, “Siz qaysi rolga keldingiz”, deyishganida “Bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman”, deganman. O‘shanda rejissor “Jamila, agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz”, degan edi. Haqiqatan ham, to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini “men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman”, deb aytadi.

    “Mayli kichkina bo‘lsa ham, rol beringlar, kadrda yugurib o‘tsam ham mayli”, deganim uchun menga Sevinchning dugonasi rolini berishgan edi.

    Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Tasvirga olish ishlari qirq kun davom etgan bo‘lib, mening rolim dastlabki kunlardayoq o‘tib bo‘lgan, ikki sekundlik rol edi.
    O‘sha filmda gapirgan gapim hozir ham esimda: “Bor, yo‘qol, mishiqi” so‘zlaridan iborat jumla edi. Rolimni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng ham ketmasdan, rejissorga “U-bu o‘tib ketadigan joylari bo‘lsa, o‘ynarman”, deb suratga olish maydonchasidan ketmasdan, qirq kun qolganman, — deydi Jamila G‘ofurova.

    “Bu qarorimdan afsuslanaman”

    Jamila G‘ofurova filmlarda epizod rollarni ijro etib yursa-da, maktabni tamomlab san’at institutiga hujjat topshirmaydi. Ammo keyinchalik bu qaroridan afsuslanadi.

    Foto: Instagram

    — Oilaviy sharoitimiz sabab 8 yil deganda Sharqshunoslik institutini tamomlaganman. U institutga nega hujjat topshirganimni haligacha tushunmayman. Ba’zan suratga olish ishlari ko‘payib ketgani yoki boshqa sabablarga ko‘ra akademik ta’til olishimga to‘g‘ri kelardi. Shartnoma asosida o‘qiganman, mendan keyin singlim ham to‘lov asosida o‘qishga qabul qilingan. O‘qishimiz ota-onamga oson kechmagani aniq. Oradan ancha yil o‘tib, 2012-yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirganman. Ammo aktrisalik yo‘nalishida emas, rejissorlik bo‘yicha tahsil olganman, — deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    “Eng ko‘p olgan gonorarim...”

    Aktrisa “Faryod” filmida katta gonorar olgani va shu roli sabab mashinali bo‘lgani haqida so‘zlab bergan. 

    Foto: Instagram

    — Avvallari eng ko‘p gonorar oladigan aktrisa men bo‘lganman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo‘lsak, o‘sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film “Uzuk” deb nomlangan edi.

    “Faryod” filmidan juda katta gonorar olganman. “Faryod” filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha Nexia mening birinchi mashinam bo‘lgan edi, — deydi Jamila G‘ofurova.

    “Baron sabab puldan quruq qolganman”

    Jamila G‘ofurova salbiy rollarni ijro etishdan qo‘rqmaydigan aktrisalardan biri hisoblanadi. U “Baron” filmidagi roli sabab odamlarning nafratiga uchragani va yaxshigina mablag‘dan quruq qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — “Baron” filmiga taklif etishganda onamga ssenariyni o‘qitdim. Qo‘rqib ketdim, rolni rad etmoqchi bo‘lib turganimda onam “Aktrisa har qanday rolni ijro etishi kerak, nega ikkilanyapsan? Bu rolni ham kimdir ijro etishi kerak-ku”, dedi. Ana shu gapdan keyin rolni ijro etishga rozi bo‘ldim. Ammo film premyerasidan keyin shirinlik firmasidan yaxshigina mablag‘ga reklama taklif etishdi. Rejissor bilan firma rahbarining oldiga borganimizda meni ko‘rib “Yo‘q, bu aktrisa mahsulotlarimizni reklama qilishini istamayman. Axir u jiyanini sotib, opasini o‘ldirgan-ku”, dedi. Xullas, “Baron”dagi rolim sabab yaxshigina mablag‘dan quruq qolganman, — deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    “O‘zingizga o‘xshamay qolibsiz”

    Aktrisa 15 yil avval oila qurgan. Bu nikohdan Shirina ismli qiz farzandli bo‘lgan. Ammo ancha yilgacha turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini sir tutgan. Keyin negadir ekranlarda umuman ko‘rinmay qolgan.

    Foto: Instagram

    — Farzandli bo‘lganimdan keyin ancha to‘lishganman. Bu o‘zimga ham qator noqulayliklarni tug‘dirgan. Shunday kunlar ham kelganki, rejissorlar vaznim ortgani uchun rollar bermay qo‘yishdi. Shundan keyin ozishga jiddiy ahd qildim. Ozganimdan keyin esa “O‘zingizga o‘xshamay qolibsiz”, deganlar ham bo‘ldi. Xullas, odamlarga birdek yoqish qiyin. Muhimi, inson o‘zini sevsa va o‘ziga qulay sharoitda yashasa bo‘ldi, — deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    Erim ko‘chada “zvezda”

    Aktrisa 2020-yili uchinchi bor ona bo‘ldi. Ammo u kunga qadar ommaga oila qurgani haqida sir saqlagan edi. U intervyularining birida turmush o‘rtog‘i san’atdan yiroq sohada faoliyat yuritishi va o‘ta rashkchi inson ekanligi haqida aytib o‘tgandi.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im o‘qimagan, ammo omadli inson. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. O‘zim ikkita institutni tugatganim uchun turmush o‘rtog‘im ham tahsil olishini istayman. Uning o‘ziga yarasha olami bor. U ko‘chada “zvezda”.

    Foto: Instagram

    Oilamni, farzandli bo‘lganimni sir saqlaganim yo‘q. Faqat ayni karantin avj olgan paytda o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Karantin sabab tug‘uruqxonadan ham oddiygina libos va maxsus pardoz-andozsiz chiqishimizga to‘g‘ri keldi. Marosimlarni ham oila davrasida, kamtarona qilib o‘tkazishga qaror qildik. Shu bois bu xabarni e’lon qilishga ham zarurat tug‘ilmadi, — deydi aktrisa.

    Foto: Instagram

    Aktrisa ayni kunda nafaqat kinoda, balki teatrda ham faoliyat yuritadi. U Sayfiddin Meliyev rejissorligida tashkil etilgan “Turon” teatr studiyasida ishlaydi.

    15.09.2023, 15:48   Izoh (0)   11894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Salom aleykum” qo‘shig‘i bilan dunyo kezayotgan A’zam Mullajonov san’atga kirib kelishi va hayotidagi eng og‘riqli jihatlar haqida so‘zlab berdi (video)

    15.09.2023, 13:35

    “Maqsadim faqat pul topish bo‘lganida rozi bo‘lardim”: “Sevishganlar” filmi yulduzi Priti Jangiani nega to‘satdan kinoni tark etgan?

    15.09.2023, 12:46

    “Hatto maktabni ham tugatisholmagan”. Turli sabablarga ko‘ra o‘qishni davom ettirolmagan jahon yulduzlari (foto)

    14.09.2023, 13:30

    Jorj Kluni Komo ko‘lidagi 107 million dollarlik mashhur villasini sotmoqda (video)

    14.09.2023, 12:39

    Shohrux Xon, Karishma Kapur va biznesda ham muvaffaqiyatga erishgan boshqa Bollivud aktyorlari (foto)

    14.09.2023, 11:51

    Uzoq umr ko‘rish sirlari: Yelizaveta II ning 96 yoshgacha yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyeta

    14.09.2023, 09:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.