• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Salom aleykum” qo‘shig‘i bilan dunyo kezayotgan A’zam Mullajonov san’atga kirib kelishi va hayotidagi eng og‘riqli jihatlar haqida so‘zlab berdi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Azzamchik taxallusi bilan tanilgan A’zam Mullajonov 1994-yili Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. U musiqa maktabidan so‘ng, Farg‘ona san’at kollejida tahsil olgan. Qo‘qon davlat pedagogika institutining musiqa fakultetida o‘qigan. Bir necha yildan buyon Qo‘qondagi musiqa maktabida o‘quvchilarga saboq beradi.

    Foto: “Daryo”

    A’zam Mullajonov avvaliga maqom, undan so‘ng milliy estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni ijro etgan. Pedagoglik faoliyatidan tashqari, ijod bilan shug‘ullangan. Ammo qo‘shiqlarining hech biri muvaffaqiyat qozonmagan. 2022-yil esa unga chinakamiga omadli keldi.

    “Salom aleykum” qo‘shig‘i kutilmagan natijani qayd etib, xonandaning ijtimoiy tarmoq yulduziga aylanishi sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, uni o‘zbek tinglovchilari orasida muxlislari ko‘p emas, ammo Markaziy Osiyo, Saudiya Arabistoni va Rossiyada tinglovchilari juda ko‘p. Shu boisdan ham u juda qisqa vaqtda xorijning ko‘plab davlatlarida konsert berdi. Bundan tashqari, san’atda boshqalarga o‘xshamaydigan yo‘nalishda ijod qilmoqda. Uning “Salom aleykum”, “Rozalina”, “Dyadya Vasya” va “Margarita” kabi qo‘shiqlari tanilishiga sabab bo‘ldi.

    “Daryo”ning YouTube dagi kanalida yosh ijodkor A’zam Mullajonov bilan intervyu tashkil etildi. Bu xonanda qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan va olti oy ichida xorijlik prodyuserlar taklifi bilan oltita davlatda konsert dasturini o‘tkazgan. Xonanda tasodifan yaratilgan qo‘shig‘i unga omad olib keltirgani, shaxsiyatidagi og‘riqli nuqtalar va fransiyalik prodyuser bilan imzolangan 105 ming AQSH dollarli shartnoma haqida so‘zlab berdi.

    — Oilamizda san’atkorlar yo‘q, ammo gitara chalib qo‘shiq aytish otamning eng sevimli hobbilaridan biri bo‘lgan ekan. Onamning aytishicha, juda kichkinaligimdan boshlab, xontaxtalarni urib, qo‘shiq aytishni boshlagan ekanman. Qiziqishim ortavergandan keyin onam musiqa maktabiga olib borgan. Fortepiano bo‘limiga o‘qishga bermoqchi bo‘lganida ustozlar, agar uyingizda pianino bo‘lmasa, bola qiynalib qoladi, deyishgan ekan. Pianino sotib olishga imkoniyatimiz bo‘lmagani uchun rubob bo‘yicha tahsil olganman. Keyin ikki yil mobaynida maqom yo‘nalishida ham o‘qiganman. U paytlarda qiziqishlarim butunlay boshqacha edi. Milliy qo‘shiqlarni va cholg‘u-asboblarini o‘rganishga qiziqardim. Ammo 9-sinf bo‘lganimdan keyin Shohruh reperning ijodiga qiziqib qolganman, — deydi xonanda A’zam Mullajonov.

    Xonanda bolaligidagi og‘riqli damlar va 18 yil davomida otasini ko‘rmagani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Oilaning kenja farzandiman. Afsuski, ota-onam juda kichkinalik paytimda ajrashib ketgan. Olti yoshimda dadam onam bilan yashaydigan uyimizga kelib, “Men Rossiyaga ketyapman. Sizga pultli mashina va kompyuter olib kelaman”, deb va’da bergan. Onamning aytishicha ancha vaqtgacha dadamning qaytishini intizor bo‘lib kutgan ekanman.

    Bir kuni onam  “Endi sizning otangiz ham, onangiz ham o‘zimman. Kompyuterni ham o‘zim olib beraman, endi dadangizni kutmang”, degandan keyin eshik oldida kutmay qo‘ygan ekanman. Dadam bizdan umuman xabar olmadi, oradan naqd 18 yil o‘tganidan keyin Telegram orqali aloqaga chiqdi.

    Hozir dadam ham Qo‘qonda yashaydi, aloqalarimiz yaxshi. U insonga nisbatan ko‘nglimda zarracha xiralik yo‘q. Onam biz farzandlarning kam-ko‘stsiz ulg‘ayishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilgan. U  yo‘lga pul sarflashni istamay, piyoda ishga qatnardi. 

    Bolalikda juda sho‘x va muomalasiz bola bo‘lganman. Onamni ko‘p qiynaganman. “Hozir uyga boraman, ana qaytyapman”, deb onamni xavotirga qo‘yardim. Hozir o‘ylab qarasam o‘sha vaqtda onamga juda qiyin bo‘lgan ekan. Qornimizdan tashqari, ikki o‘g‘ilni tarbiyalash oson kechmagan. Onam hamisha do‘stdek suhbatlashishga harakat qilardi. Shu boisdanmi otamning yo‘qligi sezilmagan, — deydi xonanda A’zam Mullajonov.

    Xonanda omad keltirgan “Salom alaykum” qo‘shig‘ining yaratilish tarixi va fransuz prodyuserlari bilan tuzilgan shartnoma haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Bir kuni o‘zimning kamtarona studiyamda o‘tirganimda bu qo‘shiqning g‘oyasi paydo bo‘lgan. O‘shanda dumaloq lampa xarid qilgandim. Qo‘shiqning ilk xomaki variantda ijro etib, telefonda video olganman. Uni Tik-Tok tarmog‘iga joylaganimda qisqa vaqtda 100 ming marotaba ko‘rilgan. Bu men uchun juda katta natija edi.

    Ana shunday keyin bu qo‘shiqqa bo‘lgan talab yanada ortib ketdi. Eng qizig‘i, qo‘shiq tinglovchilarining aksariyatini xorijliklar tashkil etadi. Bir oy ichida konsert berish taklifi bilan Qirg‘iziston va Turkiyadan chiqishdi. Aslida bu ilk mualliflik qo‘shig‘im emas. Bundan avval ham ko‘p qo‘shiqlar yaratganman. Ammo ularning hech biri “Salom alaykum” kabi omadli bo‘lmagan.

    Shu kungacha, Qirg‘iziston, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon kabi davlatlarda konsert berdim. Yaqin kunlarda esa Turkiyada o‘tkaziladigan konsertga tayyorgarlik ko‘ryapman. Quvonarlisi, fransiyalik prodyuserlik kompaniyasi bilan birga 4 ta qo‘shiq va ikkita albomni yaratib berish uchun shartnoma imzolaganman. Ular qo‘shiq va kliplarni faqatgina platformalarga joylaydi. Shartnoma 105 ming AQSH dollariga baholangan, — deydi xonanda A’zam Mullajonov.

    Suhbatni to‘liq holda tomosha qilishingizni tavsiya etamiz.

    15.09.2023, 13:35   Izoh (0)   19782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Maqsadim faqat pul topish bo‘lganida rozi bo‘lardim”: “Sevishganlar” filmi yulduzi Priti Jangiani nega to‘satdan kinoni tark etgan?

    15.09.2023, 12:46

    “Hatto maktabni ham tugatisholmagan”. Turli sabablarga ko‘ra o‘qishni davom ettirolmagan jahon yulduzlari (foto)

    14.09.2023, 13:30

    Jorj Kluni Komo ko‘lidagi 107 million dollarlik mashhur villasini sotmoqda (video)

    14.09.2023, 12:39

    Shohrux Xon, Karishma Kapur va biznesda ham muvaffaqiyatga erishgan boshqa Bollivud aktyorlari (foto)

    14.09.2023, 11:51

    Uzoq umr ko‘rish sirlari: Yelizaveta II ning 96 yoshgacha yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyeta

    14.09.2023, 09:45

    Britaniyalik xonanda Ed Shiran notanish kelin-kuyovga syurpriz qilib, ularning to‘yiga bordi va qo‘shiq kuylab berdi (video) 

    13.09.2023, 18:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.