Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hokimlar va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining yo‘llar uchun javobgarlik sohasini aniq chegaralash zarurligi qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘llarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yo‘qligi sababli qaysi yo‘ldan qanday hajmda yuk o‘tayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Xalqaro tajribada yuk transportlari vaznini o‘lchaydigan nazorat tarozilarini o‘rnatish amaliyotidan keng foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, bunday tarozilarni mamlakatda ham xususiy sheriklik asosida o‘rnatish taklif qilinmoqda.
Davlat rahbari tarozilardan foyda olish uchun emas, aksincha, yo‘llar sifatini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida foydalanish lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)