Prezident boshchiligida yo‘l xo‘jaligini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, “Avtoyo‘l” qo‘mitasiga avtomobil yo‘llari sohasini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi. Loyihada yo‘l va ko‘priklarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha uch yillik tumanbay dasturini, yo‘l korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashni, yo‘llarni saqlash ishlarining bir qismini xususiy sektorga o‘tkazishni nazarda tutish vazifasi qo‘yildi.
Endilikda yo‘llarni loyihalashtirishda kompleks yondashuv bo‘ladi. Ya’ni qayerda to‘xtash joyi bo‘ladi, qayerda daraxt ekiladi, yonilg‘i quyish shoxobchasi, texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qayerda joylashadi, degan savollarga loyihaning o‘zida to‘liq javob bo‘lishi kerak. Shundan keyingina loyiha qabul qilinadi.
Izoh (0)