O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan 627 196 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi, deb xabar beradi Statistika agentligi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafar (6,4 foiz)ga ko‘p.
2023-yilning 8 oyida tug‘ilganlarning
- 325 323 nafari o‘g‘il bolalar;
- 301 873 nafari qiz bolalar.
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar oyida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Ulardan 1 816 nafari egizak chaqaloqlar hisoblanadi. Yanvar—iyun oylarida esa 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. 2022-yilda esa O‘zbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgandi.
Izoh (0)