O‘zbekiston bo‘yicha 2023-yilning yanvar oyida 76199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, hududlar kesimida tug‘ilish koeffitsiyenti (promilleda) bo‘yicha Surxondaryo viloyati yetakchi. Shuningdek, kuchli uchlikda Qashqadaryo va Jizzax o‘rin olgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda.
To‘liq ro‘yxat:
- Surxondaryo viloyati – 29,8;
- Qashqadaryo viloyati – 27,3;
- Jizzax viloyati – 27,3;
- Namangan viloyati – 26,4;
- Samarqand viloyati – 25,9;
- Sirdaryo viloyati – 25,9;
- Navoiy viloyati – 25,1;
- Toshkent shahri – 25,1;
- Andijon viloyati – 23,8;
- Farg‘ona viloyati – 23,7;
- Toshkent viloyati – 23,1;
- Buxoro viloyati – 21,2;
- Xorazm viloyati – 21,1;
- Qoraqalpog‘iston – 21.
Izoh (0)