• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi e’lon qilindi

    Adliya vazirligi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur nizom “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va advokatlar tomonidan jismoniy shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun xarajatlarni davlat hisobidan qoplash tartibi va miqdorlarini belgilaydi.

    Davlat hisobidan yuridik yordam jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagilar haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

    • ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
    • ishga tiklash haqidagi;
    • ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
    • alimentlarni undirish haqidagi;
    • uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
    • mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
    • Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi.

    Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko‘rsatiladi.

    Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:

    • tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish;
    • tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
    • jinoyat, fuqarolik ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatiladi.

    Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish chog‘ida davlat hisobidan yuridik yordam xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatiladi:

    • davlat fuqarolik xizmati sohasida;
    • saylov huquqlarini amalga oshirishda;
    • iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
    • mehnat munosabatlarida;
    • ijtimoiy himoya sohasida;
    • oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
    • taʼlim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohasida.

    Agar shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bo‘lib qolsa, davlat hisobidan yuridik yordam Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatiladi. Agar kam taʼminlangan shaxs mahkum bo‘lib qolgan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi.

    Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushirilgandi. Tizim orqali respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar reyestri, ularning shaxsiy elektron kabineti yaratilib, advokatlar tomonidan elektron advokat orderini rasmiylashtirish, davlat organlari va tashkilotlariga advokatlik so‘rovlarini jo‘natish va arizalar berilishi mumkin.

    11.09.2023, 10:05   Izoh (0)   4456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda advokatlik litsenziyasini olishda yuridik mutaxassislik bo‘yicha ikki yillik ish staji talabi bekor qilinadi

    04.04.2023, 18:01

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi 

    11.09.2023, 09:12

    Toshkentda Muqimiy ko‘chasining bir qismi 25 kunga yopildi

    11.09.2023, 08:46

    Toshkentdagi maktabda o‘quvchilardan pul yig‘ilayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi 

    11.09.2023, 08:39

    Rossiyada 130 nafardan ortiq o‘zbekistonlik ish haqini ololmayotgani aniqlandi

    11.09.2023, 08:27

    Toshkentning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi

    11.09.2023, 08:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.