• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdorimiz” — Shavkat Mirziyoyev

    Samarqandda 7—8-sentabr kunlari oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shavkat Mirziyoyev mazkur konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan murojaat matni bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

    Siz, azizlarni qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaning ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

    Mazkur anjumanda dunyoning 32 ta davlatidan 620 nafardan ziyod xorijiy mehmon hamda 30 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotdan vakillar qatnashayotgani unga jahon miqyosidagi katta qiziqish va eʼtibordan dalolatdir.

    Albatta, ushbu konferensiya uchun aynan Samarqand shahri tanlangani bejiz emas. Qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan bu ko‘hna shahar asrlar davomida Buyuk ipak yo‘lidagi muhim chorraha bo‘lib kelgan.

    Sizlarga yaxshi maʼlumki, oziq-ovqat xavfsizligi, uni barqaror yetkazib berish, ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash masalalari bugun ham o‘ta dolzarb bo‘lib qolmoqda.

    So‘nggi o‘n yillarda “yashil inqilob” va innovatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi, tobora ko‘payib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan taʼminlashda sezilarli yutuqlarga erishildi.

    Afsuski, keyingi paytda koronavirus pandemiyasi, jahon siyosati va iqtisodiyotidagi inqirozlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish tizimida zanjirlarning uzilishi va narxlar oshishiga sabab bo‘ldi.

    Bundan, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar jabr ko‘rmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimiga investitsiya hajmi kamayishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Bu esa Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni xavf ostida qoldirmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish janoblarining 2021-yilda oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha global sammit o‘tkazish borasidagi tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladi. Bugungi anjuman ana shu sammitning mantiqiy davomidir.

    Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, tashqi taʼsirlarga chidamli navlarini yaratish, chorva naslini yaxshilash o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fermerlar va kichik ishlab chiqaruvchilar uchun axborot-konsalting markazlarini tashkil etish, ularni resurs tejaydigan ilg‘or texnologiya va usullar bo‘yicha o‘qitish uchun agro-konsalting xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash ham dolzarb bo‘lib bormoqda.

    Zamonaviy texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi fermerlar uchun bir xilda ochiq va hamyonbop bo‘lishi kerak. Biz xalqaro moliya institutlarini ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining “yashil texnologiyalar”dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqiramiz.

    Biz eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdorimiz. Savdo yo‘llari xavfsizligi va ochiqligini taʼminlash davlatlararo munosabatlarda o‘zgarmas tamoyil bo‘lib qolishi zarur.

    Qadrli do‘stlar!

    O‘zbekiston zamini o‘zining qadimiy va boy dehqonchilik anʼanalari, g‘oyat xilma-xil, mazali va noyob qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan azaldan shuhrat qozonib keladi.

    Agrotarmoq iqtisodiyotimizdagi yetakchi sektorlardan biri bo‘lib, mehnatga layoqatli aholimizning 27 foizi ushbu sohada mehnat qiladi.

    Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada samarali va resurs tejaydigan sohaga aylantirish, qishloqda aholi hayot darajasini yaxshilash, xalqimizni arzon va barqaror narxlarda xavfsiz va vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda.

    Bizning yurtimizdan yetishib chiqqan, G‘arbda “Avitsenna” degan nom bilan shuhrat qozongan buyuk alloma Ibn Sino bobomiz o‘rta asrlardayoq “Kimki uzoq va sog‘lom hayot kechirishni istasa, avvalo, ovqatning sifati va miqdoriga eʼtibor qaratsin”, deb taʼkidlaganlar.

    Albatta, dunyo aholisi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish – uzoq davom etadigan jarayon. Bu maqsadga erishishda barcha davlatlar hukumatlari, ishlab chiqaruvchilar, olimlar va tibbiyot xodimlari yaqin hamkorlikda ish olib borishlari lozim, deb hisoblaymiz.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Sizlar konferensiya davomida ana shunday muhim masalalar haqida atroflicha fikr almashib, global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi tashabbus va amaliy takliflarni ishlab chiqasiz, deb ishonaman.

    Mehmondo‘st O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Mamlakatimizga tashrifingiz mazmunli va samarali bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    07.09.2023, 11:24   Izoh (0)   6523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlashda yondashuvlarni o‘zgartirish lozim” — Aziz Voitov Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konf...

    06.09.2023, 19:20

    Oziq-ovqat xavfsizligi G20 sammitining markazida bo‘ladi

    06.09.2023, 21:20

    Farg‘onada qo‘shnisining mashinasi shinalariga ziyon yetkazgan 13 yoshli bola kaltaklandi

    07.09.2023, 10:59

    Interpol xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosini BAAdan ekstraditsiya qildi

    07.09.2023, 10:58

    Uzum Market milliy marketpleysi o‘zbekistonliklar orasida eng mashhur mahsulotlar assortimentini kengaytiradi: platformada “Oila Tanlovi” brendi ostida tovarlar pa...

    07.09.2023, 10:30

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana SSV tuzilmasiga qaytarildi

    07.09.2023, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jazoirdagi futbol stadioni to‘sig‘i sinib, muxlislardan 3 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyun, 21:55

    Jizzaxda 50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:40

    CBS News: AQSHda Los Anjeles sherifining Eronga hamdardlik bildirgan xabari o‘chirib tashlandi

    Dunyo | 23 iyun, 21:25

    Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:17

    Farg‘onada mahalla raisi tuman hokimligidagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 23 iyun, 20:59

    Muvaffaqiyatsiz obrazi tufayli kulgiga qolgan mashhur ayollar

    Layfstayl | 23 iyun, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.