Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yana Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.
6-sentabr kuni imzolangan farmonga ko‘ra, agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda o‘tkaziladi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.
2017-yilning iyulida “O‘zfarmsanoat” konserni tugatilib, uning o‘rniga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgandi.
2022-yil dekabrda prezident farmoni bilan agentlik Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilgandi (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatdan o‘tkazish funksiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida qoldi).
Izoh (0)