Pentagon 6-sentabrga rejalashtirilgan yangi LRHW uzoq masofali gipertovushli raketaning birinchi parvoz sinovini bekor qildi. AQSH Mudofaa vazirligi uchirilishning bekor qilinishi sabablari haqida xabar bermagan.
“Vazirlik Florida shtatidagi kosmodromda gipertovushli texnologiyalarimiz rivoji bo‘yicha hisobot berish uchun sinovlar o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq dastlabki tekshiruvlardan so‘ng uchirish bekor qilindi”, — deyiladi Pentagon xabarida.
Shu bilan birga, Pentagonning ta'kidlashicha, hattoki parvoz sinovisiz ham yerusti uskunalari va dasturiy ta’minotning ishlashi bo‘yicha ma’lumotlarni muvaffaqiyatli to‘plash mumkin bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlar hujumkor gipertovushli qurollarni joylashtirish bo‘yicha keyingi rejalarga yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi Pentagon.
Bloomberg’ning qayd etishicha, gipertovushli raketa sinovining bekor qilinishi gipertovushli texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha butun dastur jadvaliga ta’sir qilishi mumkin. Chunki AQSH armiyasi 30-sentabrga qadar qurolni jangovar yaroqli deb e’lon qilishni rejalashtirgan edi.
Izoh (0)