Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Fosten-Arkanj Tuaderaning o‘g‘li Evarist Tuadera Kislovodskni tark etishdan bosh tortgan holda mushtlashuv uyushtirdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Evarist Tuadera shaharga ikki hafta oldin kelgan, unga psixolog va terapevtdan iborat delegatsiya hamrohlik qilgan. Yigit davolanishni istamagan, balki ko‘ngilxushlik qilishni xohlagan. U 28-avgust, Moskvaga jo‘nab ketayotgan kuni chamadon bilan vokzalga qochib ketgan.
Tuaderaga hamroh bo‘lgan ayol mehmonxonaga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, lekin u unga musht tushirgan. Evarist Tuadera unga hamrohlik qilishlarini istamagan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam va politsiya chaqirilgan. Natijada MAR prezidentining o‘g‘li Moskvaga jo‘natilgan va u yerda elchixona xodimlariga topshirilgan.
Izoh (0)