AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urush boshlash haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda The Washington Examiner xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Oq uydagi asosiy kresloda o‘tirganida, Putin bunday qadam tashlashga jur’at eta olmasdi. Shuningdek, Tramp agar u AQSH prezidenti bo‘lsa, Xitoy—Tayvan munosabatlariga qiziqmasligini ham bildirdi.
“Ukraina juda g‘amgin. Har safar bu haqda eshitganimda, u Putinning ko‘z qorachig‘i ekanini bilardim. Agar bizning saylovlarimiz soxtalashtirilmaganida, u hech qachon bunday qilmagan bo‘lardi. Saylovlar soxtalashtirildi va o‘g‘irlandi. Men prezident bo‘lganimda, hozirda millionlab odam tirik bo‘lardi”, — dedi Tramp.
AQSH sobiq prezidenti 2020-yilgi saylovlardagi g‘alabasi Ukrainaga qanday tinchlik keltirishini tushuntira olmadi.
“Lekin Rossiya urushini to‘xtatishning yagona yo‘li — Moskvaga AQSH harbiy aralashuvi bilan tahdid qilishdir. Trampning bunday tahdid qilishi juda dargumon”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)