Ukrainada 1-oktabrdan boshlab tibbiyot yoki farmatsevtika ixtisosligiga ega bo‘lgan ayollar majburan harbiy ro‘yxatga olinadi. Bu haqda ТСН.ua xabar berdi.
Tibbiy yoki farmatsevtika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ayollar harbiy ro‘yxatga olinishi shart. Boshqa ayollar, agar ularning mutaxassisligi yoki kasbi harbiy ro‘yxatga olish mutaxassisligi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘z xohishiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tadi.
Harbiy ro‘yxatga olinadigan ayollar Ukraina Qurolli kuchlarida xizmatga chaqirilishi yoki urush paytida davlat mudofaasini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin. Ular harbiy xizmatni erkaklar bilan teng ravishda bajaradilar.
“Agar ular ro‘yxatga olingan bo‘lsa, harbiy xizmatga majburlar maqomiga ega bo‘ladi, bunday toifadagilar chet elga belgilangan tartibda ketadi. Vaqtinchalik chiqish huquqini beruvchi alohida hujjatlari bo‘lsa, ular chiqib ketishi mumkin. Agar yo‘q bo‘lsa, xuddi erkaklar kabi, ketish huquqi cheklangan bo‘ladi”, — dedi Ukraina prezidentining Radadagi vakili Fyodor Venislavskiy.
Izoh (0)