Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 4,95 so‘mga pastlab, 12 137,16 so‘m bo‘ldi. Yevro 28,38 so‘mga tushib, 13 003,75 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,82 so‘mga pastlab, 123,24 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket sakkiz kun ko‘tarilib, 12 142,11 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl pastlagandi.
Izoh (0)