• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    San’atkorlardan sportchilargacha: Prezident orden va medallar bilan taqdirlanganlarga mukofotlarni topshirdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev orden va medallar bilan taqdirlanganlarga mukofotlarni topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan, chet ellik investorlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari marosim ishtirokchilarini avvalo Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, tilaklarini izhor etdi. Bu davrda mamlakat katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, barcha sohalarda o‘zgarishlar bo‘layotgani taʼkidlandi.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Xalq manfaatini taʼminlash, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan harakatlarni davom ettirish maqsadida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini ishlab chiqdik. Uning loyihasini muhokamaga qo‘yganimizda 1 milliondan ko‘p takliflar kelib tushdi. Bu nimadan dalolat? Xalqimiz befarq emas. Yo‘nalishlarimizni, kamchiliklarimizni ko‘rsatib beryapti. Bu biz uchun “yo‘l xaritasi”. Davlatga eng katta hakam – xalq”, — dedi prezident.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu muhim hujjatda Vatan mustaqilligini va tinchligini asrash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, xalq hayotini obod va farovon qilish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash vazifalari belgilangan.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Sodda qilib aytganda, bizning maqsadimiz bitta: u ham bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonda xalqimiz yayrab ishlaydigan, hayotdan rozi bo‘lib, yayrab yashaydigan davlat qurishdan iborat”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning zamini, avvalo, tinchlik, barqarorlik. Xalq buning qadriga yetib, intilish, mehnat ruhida yashamoqda. Yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda. Ilm-fan, texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish borasida muhim natijalar qo‘lga kiritilmoqda. 2022-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 5,7 foizni tashkil etdi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda mamlakatning barcha hududlarida shinam uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar, shifoxonalar, bog‘cha, maktab, madaniyat va sport markazlari bunyod etilmoqda. Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olinib, oziq-ovqat xavfsizligini, xalq dasturxoni to‘kinligini taʼminlashga erishilmoqda. Shular haqida gapirar ekan, prezident ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning “Bu dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir”, degan so‘zlarini keltirdi.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning ifodasini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga, jumladan, keksa avlod vakillari, ayollar va yoshlarga g‘amxo‘rlikda yaqqol ko‘rish mumkin. Kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, infratuzilmani yaxshilash hisobidan respublikada kambag‘allik darajasi sezilarli pasaymoqda. Davlat rahbari mahallalardagi ishlarni, odamlarning faolligini qayd etdi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Biz birinchi kundan xalq ichiga kirib boryapmiz. Ko‘p tizimlarni mahallaga tushiryapmiz. Nimaga? Mahalla — davlatchiligimizning zamini. Agar 9 ming 400 ta mahalla tinch bo‘lsa, yurtimiz tinch bo‘ladi. Investitsiya ham, taʼlim-tarbiya, qurilish, obodonlashtirish ham mahallada bo‘lsa, qanday o‘zgarish bo‘ladi?! Mana, “Ochiq budjet” orqali odamlar o‘z muammosini olib chiqib, ovoz berib, o‘zi nazorat qilyapti. Shuning uchun mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident marosimga yig‘ilganlarni nomma-nom tilga olib, davlat mukofotlari bilan tabrikladi. Ularni Yangi O‘zbekistonning chinakam bunyodkorlari sifatida qadrlashini taʼkidlab, fidokorona mehnati, yosh avlodga ibrati uchun minnatdorlik bildirdi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Baxt nima o‘zi? Farzandlar bag‘rida sog‘-salomat yurish, oilada, el-yurtda aziz bo‘lish, halol qilgan mehnatingning qadrini ko‘rish. Butun xalqimiz sizlar bilan faxrlanadi, sizlarga havas bilan qaraydi. Ilohim, mana shunday obro‘, mana shunday hurmat-eʼtibor sizlarni hech qachon tark etmasin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shundan so‘ng, mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi. Maʼlumki, prezident tashabbusi bilan “Imom Buxoriy” ordeni taʼsis etilgan. Yurt va mintaqada muqaddas islom dinini asrash, ilmiy merosni o‘rganish va musulmonlarga yetkazish yo‘lida maʼnaviy jasorat ko‘rsatib yashagan ikki buyuk vatandosh, marhum muftiylar – shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hamda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan edi. Tadbirda ularning farzandlariga ushbu nishon topshirildi.

     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    El-yurtda hurmatga sazovor nuroniylar, davlat xizmatchilari, olim va pedagoglar, tadbirkorlar, sanoatchilar, ijodkor va sanʼatkorlar, harbiylar, sportchi va murabbiylar mukofotlarni qabul qilib oldi. Prezident ularni tabriklab, dil so‘zlari va tilaklarini aytdi.

    “Bugun men sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor ko‘zlaringizni, sizlardagi baland ruhni ko‘rib, ochig‘ini aytsam, go‘yoki o‘zim ham mukofot olgandek xursand bo‘lib turibman. Niyatim: ko‘ksingizga yarashib turgan mana shu yuksak unvon va nishonlar sizlarga yangi-yangi kuch-g‘ayrat baxsh etsin”, – dedi prezident.Mukofotlanganlar yuksak eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib, xalqqa ezgu tilaklar bildirdi.

     
     
     
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    30.08.2023, 19:14   Izoh (0)   24389
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bayram kunlari avtobuslar harakati qanday tartibda bo‘ladi?

    30.08.2023, 18:48

    Prezident Saudiyaning O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan kompaniyasi raisini qabul qildi

    30.08.2023, 18:40

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida ayollar erkaklardan yuqoriroq ball yig‘di

    30.08.2023, 18:35

    Namanganda “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aniqlandi

    30.08.2023, 17:54

    So‘rovnoma: O‘zbekiston aholisining 74,1 foizi o‘z hayotidan juda mamnun

    30.08.2023, 17:15

    O‘zbekistonda qariyb 50 turdagi oftalmologik kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yildi — SSV

    30.08.2023, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.