“Toshshahartransxizmat” 1—3-sentabrda avtobuslar harakati qanday tartibda bo‘lishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident farmoniga binoan, O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan, bayram va dam olish kunlarida jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilgan:
- 1-sentabr, juma — Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida (yakshanbada qolgan kunlarga qaraganda avtobuslar qatnovi kamayadi);
- 2-sentabr, shanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 3-sentabr, yakshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izoh (0)