• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-sentabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. “Norma” mamlakatda 1-sentabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhini taqdim etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Paxta sanoatida AKT joriy etiladi

    Hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig‘ib olish bilan bog‘liq maʼlumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushiriladi, 2023-yil 15-sentyabrdan boshlab esa u “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

    “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshiriladi

    Uning doirasida:

    • taʼlim tashkilotlarida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha batafsil uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
    • davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi, jumladan, evakuatsiya rejalari o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi;
    • aholi tarqatma materiallar bilan taʼminlanadi.

    OAVda ushbu yo‘nalishdagi maqola, intervyu va ko‘rsatuvlar  namoyish etiladi.

    Davlat organlari to‘liq elektron ish yurituviga o‘tishadi

     “Raqamli hukumat” tizimi doirasida ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari to‘liq elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tkaziladi.

    Yuridik oliygoh talabalariga ishlashga ruxsat beriladi

    Oliy taʼlim muassasalarining  bitiruvchi talaba-yuristlariga o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

    Bolalar uchun muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

    18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan, ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etilmoqda.

    Davlat ishtirokidagi korxonalar depozit uchun banklarni auksion orqali tanlashadi

    Davlat ishtirokidagi korxonalarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitga joylashtirish bo‘yicha tijorat banklari o‘rtasida foiz oshib borish tarzida bank kapitali yetarliligi, bank kapitalining uning majburiyatlariga nisbati, likvidlilik koeffitsiyenti kabi shartlarni nazarda tutgan holda auksion savdolari o‘tkaziladi. 

    Taʼlim tizimi islohoti

    Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlarining umumiy o‘rta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali direktorlardan iborat bo‘lgan Direktorlar kengashlari tuziladi.

    2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

    • maktablarning 1-4-sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich, 5-9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari joriy etiladi;
    • boshlang‘ich sinflarda informatika fani, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;
    • barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60%ga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

    Budjet tashkilotlari quyosh batareyalari o‘rnatishga majbur bo‘lishadi

    Budjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini o‘rnatish majburiyati yuklatiladi hamda 2026-yilga qadar ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

    Haydovchilik guvohnomalari almashtirishning so‘nggi muddati kelmoqda

    Xususan haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar:

    • 2013–2015-yillarda berilgan bo‘lsa – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
    • 2015-yildan keyin berilgan bo‘lsa – 2023-yil 31-dekabrgacha almashtirilishi zarur.

    Turistik sohada talablar soddalashtirilmoqda

    Quyidagi talablar bekor qilinadi:

    • turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;
    • turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.

    O‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni o‘rganish boshlanadi

    • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalari hokimliklar bilan birgalikda:
    • Respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, chordoq va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;
    • ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan, ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlab boradi.

    Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori oshirilmoqda

    Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:

    • 2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran 200 milliard so‘mni;
    • 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran 350 milliard so‘mni;
    • 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran 500 milliard so‘mni tashkil etishi kerak.

    Tamaki va pivo savdosi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda

    Tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosini xabardor qilish tartibida amalga oshirishga ruxsat berildi.

    Investitsiya majburiyatlari bo‘yicha talablar soddalashtirilmoqda

    Ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YaIDXP orqali QR-kod qo‘yilgan holda beriladi.

    • Onlayn auksion savdolarida davlat mulki obyektlarini sotib olgan xaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi bo‘yicha bayonnoma asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan, ERIsi orqali) rasmiylashtiriladi;
    • Har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi.

    Sudlanganlik muddati o‘tgani haqida maʼlumot – onlayn tarzda shakllantiriladi

    • Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
    • Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

    Nogironligi bo‘lgan shaxslardan tibbiy xulosa talab qilinmaydi 

    Nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda nogironligi bo‘lgan shaxslardan tibbiy xulosa talab qilish bekor qilinadi. Tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritiladi.

    IIV xodimlari muntazam malaka oshirishadi

    Huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari ushbu sohalarda xizmatni davom ettirishlari uchun har uch yilda IIV Malaka oshirish institutida malaka oshirishlari lozim bo‘ladi.

    Ichki audit xizmati xodimlariga talablar kuchaytirilmoqda 

    Ichki audit xizmati xodimining malakasi ichki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.

    Ichki audit bo‘yicha milliy malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan shaxslarni Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimi lavozimiga ishga qabul qilishga hamda ularning ushbu tizimlarda faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar mustasno.

    Qishloq xo‘jaligi ilm bilan bog‘lanadi

    Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi.

    Ekologiya vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda

    Oliy taʼlim muassasalarining “Ekologiya”, “Atrof-muhitni muhofaza qilish”, “O‘rmonchilik”, “Yashil iqtisodiyot” va “Gidrometeorologiya” va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

    Ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha xabar berganlik uchun – pul mukofoti

    Aholi tomonidan Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.  Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

    Xususiy sektordagilar qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishlari mumkin

    Xo‘jalik yuritish subyektlari – yuridik shaxslarga jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

    28.08.2023, 13:12   Izoh (0)   69309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston bo‘ylab tranzit o‘tishga o‘rnatilgan cheklovni olib tashlash masalasi muhokama qilindi

    28.08.2023, 12:39

    O‘zbekistonda 1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylardagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi

    28.08.2023, 12:25

    O‘zbekistonda 29-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    28.08.2023, 12:05

    Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi

    28.08.2023, 11:35

    O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash boshqarmalari faoliyatini xalq deputatlari kengashi tomonidan baholash yo‘lga qo‘yiladi 

    28.08.2023, 11:10

    USAID O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga 50 ming dollarlik texnikalarni topshirdi

    28.08.2023, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.