Daryo

O‘zbekistonda barcha jarimalar vaqtliroq to‘lansa, chegirma beriladigan bo‘ldi

Prezident bu boradagi tegishli qarorni imzoladi

1 daqiqa o‘qish28 594 ko‘rishlar1 izoh0

O‘zbekistonda endilikda barcha jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, chegirma beriladi. Prezident bu boradagi tegishli qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Unga ko‘ra:

  • huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2020-yildan boshlab jarimalarni o‘z vaqtida to‘laganlarga 30 foizlik chegirma taqdim etilmoqda. Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar