Prezident tomonidan 9-avgust kuni imzolangan qonun bilan O‘zbekistonda advokat bo‘lish uchun ikki yillik ish staji talabi bekor qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
“‘Advokatura to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 3-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunga ko‘ra, advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)