• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzaxda shamol elektr stansiyalari qurish uchun yer olib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan qurilish firmasi rahbari ushlandi (video)

    DXX yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq bir qator holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, Jizzaxda shamol elektr stansiyalari qurish uchun yer olib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan qurilish firmasi rahbari ushlangan.

    Foto: Tezkor videodan kadr

    Ma’lum qilinishicha, u tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida ishlovchi mansabdor tanishi yordamida, yopiq shaklda o‘tkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar yer maydonini shamol elektr stansiyalari qurish uchun olib berish evaziga shuncha pul talab qilgan.

    DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Jinoyatni to‘liq fosh etish maqsadida, qurilish firmasi rahbaridan olingan dastlabki ko‘rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida masʼul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo‘lga olingan.

    Farg‘ona shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari va uning 1982-yilda tug‘ilgan tanishi o‘zaro til biriktirib, mazkur MCHJga investitsiya kiritib, ipak matolar tayyorlash va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Farg‘ona shahridagi kichik sanoat zonasi hududidan ajratilgan 2 gektar yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 110 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

    DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Parkent tumanida dehqonchilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jalik rahbarining o‘g‘li mazkur xo‘jalikning 10 gektar yerni xaridorga 50 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 26 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

    Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sardoba tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 5 gektar yerni xaridorga 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, 17 900 AQSH dollari va 1 million 150 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

    Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Chust tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning rahbari 1976-yilda tug‘ilgan tanishi bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur xo‘jalikning 2 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish va u yerda bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishga ruxsat olib berish evaziga 11 500 AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlangan.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyati ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    10.08.2023, 12:42   Izoh (0)   6630
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda yordam so‘rashdan charchagan o‘qituvchilar qo‘liga g‘isht olib, maktab uchun qo‘shimcha bino qurmoqda (foto)

    10.08.2023, 12:18

    O‘zbekistonning 7 ta viloyatida soliq boshqarmalari boshliqlari o‘zgardi 

    10.08.2023, 11:49

    O‘zbekistonda 11-avgust kuni harorat nisbatan pasayadi

    10.08.2023, 11:35

    Toshkentda o‘rnatilganiga 15 kun bo‘lgan liftda ikki kishi qamalib qoldi

    10.08.2023, 11:26

    O‘zbekiston tijorat banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshib ketdi

    10.08.2023, 11:16

    “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2022-yilni 4,34 trln so‘m zarar bilan yakunlagani sababini ma’lum qildi

    10.08.2023, 10:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.