Toshkent metropolitenining Do‘stlik-2 bekatida yigit poyezd yo‘liga sakradi. “Toshkent metropoliteni” DUK holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 4-avgust sanasida Toshkent metropolitenining Do‘stlik-2 bekatida fuqaro A.M. metro yo‘liga tushib qolgan bosh kiyimni olish maqsadida o‘zboshimchalik bilan poyezd yo‘liga tushgan. Metropoliten va ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar orqali yo‘lovchi zudlik bilan xavfsiz tarzda platformaga chiqarilgan. Fuqaro A.M.ga nisbatan “Metropolitendan foydalanish tartib-qoidalari”ga amal qilmagani sababli bayonnoma rasmiylashtirildi.
“Shu bilan bir qatorda metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli hisoblanuvchi yuqori kuchlanishli elektr toki mavjudligini eslatib o‘tamiz. Shu sababli metrodan foydalanish vaqtida hushyor va sergak bo‘ling. Bu kabi holatlarga duch kelganingizda zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)