Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning qarori bilan Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev hamda Zangiota tumani hokimi Abdivahob Tamiqayev lavozimlaridan ozod qilindi.
Qarorga asosan Bekobod tuman hokimi Furqat Xudoyberdiyev o‘z arizasiga asosan 2-avgust kunidan boshlab egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Zangiota tumani hokimi Abdivahob Tamiqayev ham arizasiga binoan ishdan bo‘shatildi.
2-avgust kuni viloyatda prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlat rahbari Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini lavozimidan ozod etgandi.
Izoh (0)