Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yigit begona ayolni ko‘chada sudrab, kanalga itarib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Holat 23-iyun kuni yarim tunda Qarshi tumani Jumabozor mahallasida sodir bo‘lgan. Erkak ayolni dastlab sochidan tortib sudragan, keyin ko‘ylagini yechib kanalga itarib yuborgan. Ayol bu vaqtda bazmdan qaytayotgan bo‘lgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni u yaqin dugonasi bilan bazmdan qaytayotgan bo‘lgan.
“Mehmondorchilikdan kelayotgandik. U bolalar bizga yopishib keldi. Ahamiyat bermay yurishda davom etdik, ular esa sudray boshladi. Yo‘lni o‘rtasida sudrab ariqqa itarib yuborishdi. Taqinchog‘imni, telefonimni olib, ko‘ylagimni yirtib tashlagan. Majburlab zo‘rlamoqchi bo‘lishgan. Ular ichgan va chekkan edi. Men ichmagandim, qo‘limda aroq bor edi, uyga olib kelayotgandik”, — deydi ayol.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Ayblanuvchi yigit hozirda qo‘lga olingan. Uning harakatlari yuzasidan huquqiy baho beriladi.
Izoh (0)