Braziliya federal politsiyasi xodimlari janubi-sharqiy Vitoriya portida kemaning shturval qismiga yashirinib olgan migrantlarni qutqarib oldi. Ular Atlantika okeani bo‘ylab 5600 km dan ko‘proq masofani 14 kun davomida suzib o‘tgan.
Reuters xabariga ko‘ra, 10-kuni nigeriyalik qochqinlarning oziq-ovqati va suvi tugagan, yana 4 kun davomida ular dengiz suvi bilan chanqog‘ini qondirishga majbur bo‘lgan.
Yaxshi hayot ilinjida bo‘lgan to‘rt nafar nigeriyalik yuk tashuvchi kemaga yashirinib, Yevropaga yetib borishga umid qilgan. Ular Atlantika okeanining narigi tomonida Braziliya joylashganini bilib, hayratda qolgan.
Migrantlarning 2 nafari Nigeriyaga qaytarildi va yana ikkisi esa Braziliyadan boshpana so‘ragan. Ularning xabar berishicha, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy beqarorlik va jinoyatlar ko‘pligi vatanni tark etishga majbur qilgan.
Nigeriyalik migrantlarning bunday harakatlari birinchisi emas. Misol uchun, o‘tgan yilning noyabr oyida Kanar orollariga uch nafar nigeriyalik erkak 11 kun davomida kema shturvalida yetib kelgandi.
Izoh (0)