• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Oylik daromadi 50 dollardan oshmaydigan o‘zbekistonliklar soni qancha?

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi umumiy aholining 14,1 foizini tashkil qiladi. Ularning oylik daromadlari 50 dollardan oshmaydi. 

    Foto: Yandex

    Kambag‘allik chegarasi

    O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi (2023-yil 1-iyul holatiga) soni 36 million 372 ming kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda kambag‘allik darajasi — 14,1 foiz. Yaʼni bu 5 million 95 ming nafardan ortiq odamning oylik daromadlari 50 dollardan oshmasligini anglatadi.

    Chunki joriy yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari (MIX) qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘m (48,5 dollar) etib belgilangan.

    Jahon tajribasida MIX ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan. Bunda davlat tomonidan moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklarga muhtoj aholining maqsadli guruhini aniqlash, mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olishda foydalaniladi.

    Shuningdek, pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida qo‘llanadi.

    Kambag‘allik darajasi yuqori hududlar

    Infografika: Bandlik vazirligi

    Respublikada kambag‘allik darajasi eng yuqori hudud — Qoraqalpog‘iston bo‘lib, u yerdagi qariyb 19,7 foiz aholining daromadlari minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam. Sirdaryo va Xorazm aholisi orasida ham shunga yaqin ko‘rsatkich — 19,5 va 19,1 foiz kambag‘allik mavjud. Hozirda kambag‘allik darajasi eng past hudud — Toshkent shahri (8,5 foiz) hisoblanadi.

    Infografika: Bandlik vazirligi
    Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib, respublikadagi 208 ta shahar va tumanlar 5 ta toifaga ajratilgan bo‘lib, bunda 20 ta tuman 5-toifa (9,6 foiz) sifatida eʼtirof etilgan. Ular Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Shumanay, Bo‘ston, Ulug‘nor, Arnasoy, Dehqonobod, Tomdi, Mingbuloq, Qo‘shrabot, Sardoba, Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy, So‘x, Yozyovon va Yangiariq tumanlaridir.
    Foto: livejournal.com

    Kambag‘allikni qisqartirish rejalari

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shu yilning yakunigacha respublikada kambag‘allik darajasi 14,1 foizdan 12 foizga tushirilib, 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish belgilanganini maʼlum qildi. 

    Ayni paytda jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida kambag‘allikni qisqartirishga doir bir qator vazifalar belgilanmoqda. Qaror loyihasida yozilishicha, 2026-yilga qadar kambag‘allikni 2 barobarga, 2030-yilgacha esa keskin qisqartirish nazarda tutilmoqda.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga joriy yilning sentabr oyigacha kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklanadi. 2023-yil yakuniga qadar 400 ming nafar ishsiz aholini mavjud bo‘sh va yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish reja qilinmoqda. 

    Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartiriladigan yer maydonlarini ishsiz fuqarolarga shartnoma asosida ajratib berishni davom ettirish ko‘zda tutilyapti. Daromadi 1 million so‘mdan oshmaydigan fuqarolarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berishga oid qonun loyihasi ishlab chiqish vazifasi ham qarordan o‘rin olgan.

    Hujjat asosida har bir viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan bittadan, jami 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturni amalga oshirishga oid hukumat qarori loyihasini yaratish vazifasi ham oldinga qo‘yilmoqda.

    Hozirda mamlakatda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4,5 million nafarga yaqinlashgan. Pensiya jamg‘armasiga 2023-yil uchun davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

    Prezident matbuot kotibi yanvarda bergan xabarida 2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga davlat budjetidan 12 trillion so‘m ajratilishi belgilanganini yozgandi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2 trillion so‘mga kam edi, yaʼni 10 trillion so‘m bo‘lgandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Asosiy yechim – iqtisodiy o‘sish

    Yaqinda dunyodagi yirik onlayn maʼlumotlar bazalaridan biri Numbeo O‘zbekistonda qancha mablag‘ evaziga farovon yashash mumkinligini hisoblab chiqqandi. Manbaga ko‘ra, respublikada 4 kishi bo‘lib yashaydigan oilalar ijara haqini hisobga olmaganda 1 ming 486 dollar (17 million 401 ming so‘m) sarflab, yaxshi yashashi mumkin. Bir kishi uchun bu narx 413 dollarga (4 million 836 ming so‘m) to‘g‘ri keladi. Numbeo hisob-kitoblarida O‘zbekistonda yashash narxi AQSHdagidan o‘rtacha 62,6 foizga pastligi keltirilgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Statistik raqamlarga qaraganda, respublikada 2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 million so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yillarning mos davri bilan solishtirganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo mazkur hisobga qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari kirmaydi. Qo‘shilmagan segmentlardagi hisoblar inobatga olinsa, haqiqiy o‘rtacha ish haqi yuqoridagi raqamdan 20 foizgacha pastroq chiqadi.

    O‘tgan yili bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kelasi 5 yil ichida mamlakatda kambag‘allar soni 2 baravar kamayishini aytgandi. Shu bilan birga, respublika yalpi ichki mahsuloti jon boshiga 2 ming 800 dollarga yetishini ham taʼkidlagan. O‘zbekistonda 2022-yilgi ko‘rsatkichlar bo‘yicha YIM (80 milliard dollar) aholi jon boshiga 2 200 dollarni tashkil qiladi.

    Iqtisodchi Behzod Hoshimovning fikricha, kambag‘allikning eng asosiy yechimi iqtisodiy o‘sish hisoblanadi.

    “Kambag‘allikka qarshi global yechim doimiy iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish bo‘lmaguncha O‘zbekiston yoki boshqa ixtiyoriy davlat va jamiyatda kambag‘allik masalasi yechilmaydi. To‘g‘ri, odamlarni ish bilan taʼminlash kambag‘allikni kamaytiradi. Lekin ishi bor insonlarning kambag‘allari ham mavjud. Ular ishlab turgan kambag‘allar deyiladi. Aytmoqchimanki, ishning o‘zi yechim emas”, – degan edi mutaxassis.
    02.08.2023, 17:51   Izoh (0)   19806
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kvadrat metri 390 dollardan 1251 dollargacha. Hududlardagi uy-joy narxlari maʼlum qilindi

    02.08.2023, 10:05

    O‘zbekistonda kredit stavkalarini 7 yil ichida 10 foizgacha pasaytirish rejalashtirilmoqda 

    31.07.2023, 20:20

    Pensiya va nafaqalar yarim yil ichida qanchaga o‘sdi?

    30.07.2023, 20:26

    O‘zbekiston davlat banklarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi tahlil qilindi

    30.07.2023, 17:10

    Eng kam daromad o‘qituvchi va shifokorlarda. Ular boshqa sohadagilarga nisbatan kambag‘allashishda davom etmoqda

    30.07.2023, 10:35

    Suv tanqisligi sabab meva–sabzavotlar narxi oshishi mumkin — Markaziy bank

    29.07.2023, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.