Ispaniyada huquq-tartibot idoralari xodimlari yelkanli qayiqni qo‘lga olishdi. Kema bortida ikki tonna kokain topildi, deyiladi mamlakat fuqarolik gvardiyasi bayonotida.
Hodisa Santander shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Kema Britaniya bayrog‘i ostida suzib yurgan. Mutaxassislarning fikricha, musodara qilingan giyohvand moddalarning qora bozordagi qiymati taxminan 70 million yevroni tashkil qiladi.
Politsiya giyohvand moddalar Janubiy Amerikadan kelgan deb taxmin qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bu holatda to‘rt nafar ekipaj a’zosini hibsga oldi. Ular orasida ikki venesuelalik, shuningdek, kolumbiyalik va ispaniyalik ham bor.
Iyun oyi oxirida Ispaniya politsiyasi Janubiy Amerikadan mamlakatga katta miqdordagi giyohvand moddalarni olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatini fosh qildi.
Kokain qirollikka janubiy Alxesiras porti orqali kirgan. Operatsiya davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari 13 kishini qo‘lga oldi. Ular banan solingan idishlarda giyohvand moddalarni mamlakatga olib kirishga harakat qilishgan.
Izoh (0)