Rim papasi Fransisk Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun kreativ yechimlar topish zarurligini ma’lum qildi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.
“Yevropaga tavba va muhabbat bilan qaray turib, so‘ramoqchiman: tinchlik yo‘llarini izlamasangiz, Ukrainadagi jangovar harakatlarni va butun dunyo bo‘ylab ko‘plab qonli mojarolarni to‘xtatishning kreativ yo‘llarini taklif qilmasangiz, nima qilib yuribsiz?” — dedi pontifik Portugaliyaga tashrifi chog‘ida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u “dunyoning ko‘p joylarida bolalarning kelajagiga emas, balki qurol-yarog‘ga doimiy ravishda investitsiyalar kiritilayotganidan” xavotirda.
Rim papasi noqonuniy immigratsiya mavzusiga ham to‘xtalib, “Ey G‘arb va Sharq, qayoqqa ketyapsan, qariyalarni rad etib, tikanli simlardan devorlar o‘rnatib, dengizdagi ko‘p sonli o‘limlar va bo‘sh beshiklar bilan?” degan savolni berdi.
Iyul oyida Rim papasining elchisi kardinal Matteo Zuppi Vashingtonga tashrif buyurib, AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv o‘tkazgan va unda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilingan edi.
Izoh (0)