Pentagon va AQSH Kongressi AQSH raketalari yonilg‘isining kimyoviy tarkibini o‘zgartirish, ularning uchish masofasini oshirish va shu orqali Tinch okeanidagi ta’sir doirasini kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Agentlikning ta’kidlashicha, AQSHning bu harakatlaridan asosiy maqsad Xitoyni tiyib turish.
O‘tgan hafta AQSH Senati raketa yonilg‘isida ishlatiladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun 13 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini taqdim etdi.
Ushbu tashabbus Senat tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilingan (2023-yil 1-oktabrdan boshlanadi) mudofaa budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Avvalroq AQSH Kongressining Vakillar palatasi 2024-moliya yili uchun 886 milliard dollarlik milliy mudofaa qonunini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)