Italiya kompaniyasi O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga lyuks poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, 31-iyul kuni Transport vazirligida Arsenale Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir doirasida transport sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida lyuks sayyohlik poyezdini ishga tushirish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Izoh (0)