• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bu ovozing bilan artist bo‘lolmaysan, deyishgan”.13 yoshida tasodifan aktyorga aylangan, Rossiyada “Yil odami” bo‘lgan Rustam Sa’dullayev 73 yoshda (foto, video)

    Rustam Sa’dullayev — bu aktyorni hozirgi yosh tomoshabinlar tanimasligi mumkin, ammo Sobiq ittifoq davrining odamlari uni juda yaxshi eslashadi. U o‘z davrining eng mashhur aktyori bo‘lgan va o‘zbek Romeosi sifatida minglab qizlarning ko‘nglidan joy olgan. Qizig‘i shundaki, uni avvaliga san’at institutida o‘qishga noloyiq deb bilishgan. 

    “Aktyorlikka qiziqishimga qo‘shnim sabab bo‘lgan”

    Rustam Sa’dullayev tasodifan san’atga qiziqib qolgan. Chunki uning oila a’zolari orasida san’atkorlar yo‘q. Eng qizig‘i, bu sohaga qiziqishiga yaqinlari emas, qo‘shni ayol sababchi bo‘lgan.

    Foto: Skrin

    — Nazira opa ismli qo‘shnimiz bo‘lar edi. 1959-yili Pionerlar uyiga olib kelgan. U yerda to‘garaklar ko‘p edi. Men kemasozlik va drama to‘garagiga qatnashishni istaganman. O‘shanda bor-yo‘g‘i 9 yoshda edim. Drama to‘garagiga qiziqib ketganimda kemasozlik mashg‘ulotlariga qatnashmay ham qo‘ydim. Qishki ta’til kunlari Yangi yil tomoshalarini qo‘yardim, odamlar chipta sotib olib kelardi. Eng qiziq jihati, har yili menga yalmog‘iz kampir rolini berishardi. “Yo‘q, bu rolni men o‘ynamay”, desam “Sendan boshqa hech kim bunchalik ishonarli ijro etolmayapti”, deyishardi. 

    Foto: Skrin

    1963-yili drama mashg‘ulotimizga “O‘zbekfilm”dan ikkita assistent yigit keldi va yangi film uchun kasting bo‘layotganini aytishdi. Ular mening yoshimdagi bolalarni izlashgan ekan. Hayajon bilan men ham kasting uchun rasmga tushgani borganman. Bu rol uchun 300 dan ortiq bola kasting topshirgan edi. Ular orasidan faqatgina menga “Darbozlar” filmida Alijon rolini ijro etish nasib etdi. Film rosa shov-shuv bo‘lgan, odamlar ko‘cha-ko‘yda ham tanib, dastxat olishardi, — deydi aktyor Rustam Sa’dullayev.

    “Ovozingiz bo‘g‘iq, aktyor bo‘lolmaysiz”

    1969-yilga qadar drama to‘garagining eng oldi o‘quvchisi bo‘lgan Rustam Sa’dullayev katta orzu-umidlar bilan San’at oliygohiga hujjat topshiradi. Ammo uni o‘qishga olishmaydi.

    Foto: Skrin

    — Bolalikdan surunkali laringitim bor, ovozim bo‘g‘ilib qolardi. Ammo bu institutda o‘qishga kirishimga to‘sqinlik qilishi haqida o‘ylamagan ekanman. Ijodiy imtihon topshirgani kelganimda “Ovozingiz bo‘g‘iq, aktyor bo‘lolmaysiz”, deyishgan. O‘qishga kirolmaganimdan keyin ish izlaganman. O‘sha paytda mineral suv zavodiga ish so‘rab borganman va hech kimga aytmay yuk tashuvchi bo‘lib ishlaganman. Ammo o‘qishga hujjat topshirmasimdan avval rejissor Elyor Eshmuhammedovga bu haqida aytib qo‘ygandim. Bir kuni oldiga chaqirib “O‘qishlar yaxshi bo‘lyaptimi?” deb so‘rab qoldi. Boshimni qashlab, uyalib, kirolmaganimni aytdim. U ham hayron bo‘ldi va qayta imtihon topshirish kerakligini aytdi. O‘sha yili o‘qishga kirganman va “Sevishganlar” filmida ham suratga tushganman, — deydi aktyor Rustam Sa’dullayev.

    “O‘zbek Romeosiga aylanganman”

    Foto: Instagram

    “Sevishganlar” filmi haqiqatan ham o‘z davrining eng mashhur kartinalaridan biri bo‘lgan. U bir necha oy sovet kinoprokatining eng talabgir filmi bo‘lgan. O‘sha paytdagi hisob-kitoblarga ko‘ra, uni 20 million 500 mingdan ortiq tomoshabin ko‘rgan. Filmda Rustam Sa’dullayev bilan bir qatorda sovet kinosining eng mashhur aktyorlari Anastasiya Vertinskaya va Rodion Naxapetov ham suratga tushgan. 

    Foto: Skrin

    — Suratga olish ishlari naqd ikki yil davom etgan. Chunki filmning ko‘p sahnalari yoz oyi bilan bog‘liq edi. Bir yozda filmni suratga olishga ulgurmay qolganmiz. Ammo juda qiziq kechgan. Rodion Naxapetov sabab meni “Jangga faqat qariyalar boradi” filmiga taklif qilishgan. U Leonid Bikovga meni rosa maqtagan ekan. Mana shu film sabab men nafaqat O‘zbekistonda, balki butun ittifoqda mashhurlikka erishdim. Romeo degan nom mana shu filmdan estalik bo‘lib qolgan, — deydi aktyor Rustam Sa’dullayev.

    “Rafiqam bilan kinostudiyada tanishganman”

    Aktyor Rustam Sa’dullayev turmush o‘rtog‘i Marina bilan 1987-yili “O‘zbekfilm” maydonchasida tanishgan. O‘sha vaqtda “Shok” filmi suratga olinayotgandi. Ularning tanishuvi oddiy do‘stlik munosabatlaridan boshlanib, muhabbatga aylangan. Ularning ikki nafar qizlari bor.

    Foto: Rock Story

    — Rafiqam bilan “O‘zbekfilm” kinostudiyasining tikuv sexida tanishganman. Marina o‘sha vaqtlari tikuv sexida tikuvchi bo‘lib ishlardi. Keyinchalik harakatchanligi bilan rahbar lavozimigacha ko‘tarildi. Bir kuni kostyum-shimimni qayta tikish uchun sexga bordim. Qizlar biri olib, biri qo‘yib hazil-huzil qilishar, faqat Marina menga e’tibor bermasdi. Ertasiga kelsam, buyurtmam tayyor. Marinaga “Rahmat!” deb chiqib ketayotsam, qizlar shumlik qilib, “Rahmat aytasiz, xolosmi? Boshqa sovg‘angiz yo‘qmi?” deyishdi. Men ham bo‘sh kelishni xohlamay, to‘y, oila haqidagi ilmoqli gaplar bilan javob berdim. Astoydil niyat qilgan ekanman, ko‘p o‘tmay, turmush qurdik. Lekin Marinaning muhabbatini qozonish oson bo‘lmagan.
    Marina og‘ir-bosiq qiz edi. U har kuni syomkadan avval va keyin aktyorlarning kiyimlarini bir o‘zi tikuv sexiga olib borardi. Bu kiyimlar og‘ir ekanligini bilganim uchun hamisha uning yonida turardim. Uning ko‘nglidan joy olishim oson bo‘lmagan, — deydi aktyor Rustam Sa’dullayev.

    “Onam kelin rus bo‘lsa bo‘libdi-da, degan”

    Foto: Instagram

    — Haqiqiy o‘zbekona oilada ulg‘ayganman. Onam ham Farmonbibi singari o‘zbekona ayol edi. “Ona, kelin topdim, faqat rus-da” deb yutunib so‘z boshlasam, “Nima qilibdi, rus bo‘lsa bo‘libdi-da”, degan. Keyin bilsam, bunga “tikuvchi qiz” degan gapim sabab bo‘lgan ekan. “Faqat mana bu atlas matosini olib borib ber, menga bitta ko‘ylak bilan lozim tikib bersin”, degan. Hali Marina bilan uchrashmay turib, ko‘ylakning choklariga e’tibor bergan, — deydi Rustam Sa’dullayev.

    “Yaratganga shukr”

    Aktyorning “Yaratganga shukr” filmidagi roli ham ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy olgan. Aktyor filmni suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram

    — Zulfiqor Musoqov bilan “Bomba” filmida ham birga ishlaganmiz. Yaxshi rejissor, o‘ziga xos yo‘nalishi bor. “Yaratganga shukr” filmiga taklif qilganida avvaliga hayron bo‘lganman. Chunki u paytlarda hali kompyuter degan narsalar rivojlanmagandi. “Sehrgarlik bilan bog‘liq sahnalarni qanday olamiz?” deb ajablangandim. Oshning uchishi bilan bog‘liq sahnalar choyxonada suratga olingandi. Xontaxtaning lagan turadigan yeri o‘yib, ustiga dasturxon yoyib qo‘yishgandi. Laganlarga ingichka ip tortilgandi. Osh to‘la laganning dasturxondan ko‘tarilishi xontaxta pastidan boshqarilgan. Yuqoridan olingan kadrda “leska” ko‘rinmay, kadrda oshning o‘zi uchayotgandek ko‘ringan.

    Foto: Instagram

    Mashinaning to‘rtta g‘ildiragi “taq” etib tushib ketadigan sahnani suratga olish uchun oldindan hamma g‘ildiraklar bo‘shatilib, omonat qilib qo‘yilgan. Ozgina silkinishdan tushib ketgan, bu yuqoridan turib suratga olingandi, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev.

    Rustam Sa’dullayev — “Yil odami” bo‘ldi

    Nafaqat O‘zbekiston, balki o‘nlab mamlakatlarda ham o‘z muxlislariga ega aktyor va rejissor Gitlerchilar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab Moskva shahrida o‘tkazilgan “Yil odami-2020” taqdimot marosimida mukofotlangan.

    Foto: “Yandex.ru”

    — Qariyb 33 yildirki, rossiyalik rejissorlar bilan hamkorlikda ishlab kelaman. Bundan tashqari, 1996-yildan buyon Rossiyada o‘tkaziladigan nufuzli kinofestivallarda hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashaman. Muxlislarim orasida rossiyaliklar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular ko‘proq “Jangga faqat qariyalar boradi” filmidagi Romeo obrazim orqali tanishadi, — dedi Rustam Sa’dullayev.

    27.07.2023, 19:06   Izoh (0)   14841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘sha kuni fojia yuz berganidan xabar topdim”. Farrux Zokirov Afg‘oniston prezidenti sovg‘a qilgan tilla soat u vafot etgan kunda sinib qolgani haqida 

    27.07.2023, 16:48

    “Shri-Lanka go‘zali” Jaklin Fernandes qanday qilib Bollivudda muvaffaqiyatga erishdi? (foto)

    27.07.2023, 14:57

    “Hamkasblarim meni yoqtirmaydi” — Sardor Mamadaliyev noto‘g‘ri yo‘nalishda qo‘shiq kuylashi va 60 yoshdan keyin ovozidan ayrilishi haqida (foto)

    27.07.2023, 12:30

    Di Kapriodan omadliroq: “Titanik” filmida Fabritsio rolini ijro etgan aktyor hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    26.07.2023, 19:47

    Obraz ishonarli chiqishi uchun ekranda xunuk ko‘rinishdan cho‘chimaydigan Gollivud aktrisalari (foto)

    26.07.2023, 17:57

    “Yetti yil ichida birorta korrupsiyaviy holatni ko‘rmadim”. Otabek Mahkamov AQSHdagi hayotning afzallik va kamchiliklari haqida (video) 

    26.07.2023, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.