• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Yetti yil ichida birorta korrupsiyaviy holatni ko‘rmadim”. Otabek Mahkamov AQSHdagi hayotning afzallik va kamchiliklari haqida (video)

    Ayni damda oilasi bilan AQSHda yashovchi  Otabek Mahkamov “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida mashhur san’atkor unga ijod bilan shug‘ullanmaslikni maslahat bergani va ko‘chada qolgan kunlari haqida gapirib berdi.

    — AQSHga endi borgan paytimda Chikago shtatiga to‘yga taklif qilishdi. U yerda O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lgan xonandani uchratib qoldim. U guruh bo‘lib ijod qilardi va ularning ijodi menga juda yoqardi. Suhbat davomida AQSHga o‘qishga kelganim va bu yerda ham ijodimni davom ettirish niyatim borligini aytdim. “Ijodingizni davom ettirolmaysiz, chunki sizdan zo‘r xalq artistlari ham kelib, AQSHda ijod qilolgani yo‘q. Falonchi artist katta yuk mashinasini haydayapti, boshqasi esa keksa insonlarga qarab tirikchilik qilyapti”, dedi. Suhbat so‘ngida esa ijodni yig‘ishtirib, firmaga ishga kirishimni taklif qildi. “Ijod bilan shug‘ullansangiz, daromadingiz uyning bir xonasini ijraga olishga yetadi, firmaga ishga kirsangiz esa, yiligi 500 ming AQSH dollari topishingiz mumkin”, degan. To‘g‘ri, u paytda bu summa men uchun juda katta edi, ammo orzularimdan voz kechishimga arzimadi. Rahmat aytdim, o‘z bilganimdan qolmaganman. Instagram’da blog yaratib, videolarim mashhurlikka erishganidan keyin o‘sha inson men bilan aloqaga chiqib, “Tabriklayman, men ishonardim senga”, dedi. Suhbat davomida esa faoliyatini reklama qilib berishimni so‘radi. Pulini so‘raganida unga tekin ekanligini aytdim. Chunki uning gaplari menga antimotivatsiya bo‘lgan, — deydi Otabek Mahkamov.

    Suhbatdoshimiz AQSHdagi hayoti davomida uysizlikdan qiynalgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Kaliforniyada qiynalib qolganimda O‘zbekistondan borgan san’atkorlar “Nyu-Yorkka keling, yordam beramiz”, deyishgan. Uy-joy masalalari qanday bo‘ladi, u yerda hech kimni tanimayman, deganimda “Bizning uyimiz bor, ijara uyni uch kishiga bo‘lib to‘laymiz, muammo emas”, degan. Uning gapiga ishonib, 2016-yilning 9-sentabr kuni Nyu-Yorkka kelganman. “Faqat ijara pulini 1-sentabrdan hisoblab to‘laysiz, chunki bu Amerika”, deyishgan. Barcha shartlarga rozi bo‘lganman, ammo o‘sha kuni ijara pulini bersam olishmagan. Ertasi kuni ham bu hol takrorlangan. Keyin bilsam, ularning rejalari o‘zgarib, sherikchilikka meni emas, O‘zbekistondan borgan folbin o‘rtoqlarini qo‘ymoqchi bo‘lishgan ekan. O‘sha kuni biz tanishim bilan kechki ovqatni restoranda qilishga kelishgandik. Men uchrashuvga ketsam “Uzr, rejalar o‘zgardi, o‘rtog‘im kelib joylashdi. Qayerda ekaningizni aytsangiz, chamadoningizni yuboramiz. Telefonimning quvvati tugagan”, degan xabar keldi. Tanishimga aytsam, u ham uyida joy yo‘qligini aytib, uzr so‘radi. Qisqasi, hujjatlarim yonimda bo‘lmagani uchun biror mehmonxonaga ham joylasholmadim va ko‘chada qolib ketdim. Bu men uchun katta saboq bo‘ldi, — deydi Otabek Mahkamov.

    Otabek Mahkamov AQSHda yashashning uchta yaxshi va yomon jihatlari haqida ham gapirib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    — Yaxshi jihatlari: erkinlik bor, mehnatkash inson orzulariga erishadi va 7 yil davomida birorta korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga uchraganim yo‘q. Hatto mendan shu kungacha kimning farzandi ekanligimga ham qiziqishmadi. Yomon jihatlari esa ko‘p shtatlarda giyohvandlik, xususan, nasha bilan bog‘liq cheklovlar yo‘q. Qurol-yarog‘dan foydalanishga ham oddiy holdek qarashadi. Eng yomon jihatlaridan biri esa, bolalar ham shunchalik erkinki, hatto ota-onasini jazolash uchun politsiyaga murojaat qilishadi, — deydi Otabek Mahkamov.

    Otabek Mahkamovga kitob yozish nima uchun kerak edi va uni chop etish uchun qancha mablag‘ sarfladi?

    — Kitobim Turkiyadagi “Furqon” nashriyotida 3 ming nusxada chop etildi. Kitob tayyor holga kelguniga qadar 95 ming AQSH dollari pul sarflandi. To‘g‘ri, hamma xarajatlarni o‘zim qoplaganim yo‘q. Do‘stlarim bu borada qo‘llab-quvvatlashdi. Ammo kitob sifatli bo‘lishini va aynan uchta tilda chop etilishini istadim. Unda shu kungacha suhbatda bo‘lgan ko‘p insonlarim bilan bog‘liq xotiralarim va ulardan o‘rgangan jihatlarim haqida yozdim. Bu kitob bestseller bo‘lmasligi mumkin, ammo shu ishni qilishim kerak, deb hisobladim. Hech bo‘lmasa, nabiralarim kun kelib uni o‘qib, mening qanday inson bo‘lganim haqida tasavvurga ega bo‘lishadi, — deydi Otabek Mahkamov.

    Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    26.07.2023, 15:53   Izoh (0)   17320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Amerikada ko‘chada qolib, ‘Rolton’ yeganman”. Otabek Mahkamov og‘ir darddan vafot etgan onasi va tekin pishloq qopqonda bo‘lishini anglatgan inson haqida (video)

    26.07.2023, 13:40

    Skarlett Yoxansson, Emma Stoun va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydigan boshqa mashhurlar (foto)

    26.07.2023, 11:30

    Instagram: Botir Muhammadjonov o‘g‘lini uylantirdi, Ruxshona bilan ajrashganidan afsuslanmaydigan Sanjar Matkarimov va mashinasi bilan xayrlashgan Parizoda

    25.07.2023, 21:50

    Di Kaprioning yuziga tarsaki tushirgan Avstraliyaning “Zolushka”si — aktrisa Margo Robbi haqida 10 ta qiziq fakt (foto)

    25.07.2023, 17:59

    Amitabh Bachchan, Shohrux Xon va boshqa Bollivud yulduzlarining hashamatli uylari (foto)  

    25.07.2023, 15:56

    Gollivud aktyori Jonni Depp Vengriyadagi mehmonxona nomerida hushsiz holda topildi

    25.07.2023, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.