Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktyor Rixsitilla Abdullayev oilasining Bodrumdagi ta’tili nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova muxlislaridan dam olish maskanlariga borganda o‘zidan keyin chiqindilarni yig‘ishtirib ketishga chorladi.
Feruza Normatova va Shahzod Sultonov esa dam olish uchun Vyetnamga yo‘l oldi.
Xonanda Sobirjon Mo‘minov nevarali bo‘ldi. San’atkorning xonadonidagi quvonchli kunda Guli Asalxo‘jayeva xizmatda bo‘ldi.
Yulduz Rajabova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
“Ummon”chi Zohidning rafiqasi Kamola oilaviy suratni sahifasiga joyladi.
Ayni paytda AQShda bo‘lib turgan xonanda Davron Ergashev okeanda cho‘milish chog‘ida akulaga duch keldi. U kuzatuvchilariga ushbu vaziyatda qanday yo‘l tutgani haqida so‘zlab berdi.
Hamdam Sobirov “O‘zbekkonsert”ning maqtov yorlig‘iga munosib deb topildi.
Hulkar Abdullayevaning o‘g‘li bir oylik bo‘ldi.
Durdona Qurbonova Dubaydan ko‘rinish berdi.
Izoh (0)