“Bridjit Jonsning kundaligi” filmi yulduzi Rene Zellveger va teleboshlovchi Ant Enstid unashtirildi va to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.
Juftlikning yaqin do‘sti hozircha ular hamma narsani sir saqlashga harakat qilishayotgani haqida so‘zlab bergan, biroq tez orada hammasi ommaga e’lon qilinadi.
“Rene o‘zining yaqin insonlariga to‘yini o‘tkazishi haqida gapirib berdi, hammasi juda ehtiyotkorlik bilan bo‘ladi”, — deydi juftlikning do‘sti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, juftlik bu kunni intiqlik bilan kutmoqda. “Aktrisaning Ant bilan munosabatlari juda kuchli, ular bir-birlarini telbalarcha sevib qolgan va turmush qurishni sabrsizlik bilan kutmoqda”, — deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, amerikalik aktrisa 1969-yilning 25-aprel sanasida AQSHning Texas shtatida tug‘ilgan. Keti o‘rta maktabda o‘qiyotganda gimnastika bilan shug‘ullangan va drama to‘garagiga qatnashgan. U ikki marta “Oskar”, to‘rt marta “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan. Aktrisa Gollivuddagi “Shon-shuhrat xiyoboni”da o‘z yulduziga ega. Rene faoliyati davomida “Bridjit Jonsning kundaligi”, “Jerri Magueyr”, “Chikago”, “Nokdaun” va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan. U Ant Enstid bilan 2021-yilning yozida uchrasha boshlagan.
Izoh (0)