Xitoy kompaniyasi Navoiyda sanoat korxonalari uchun havo filtrlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqchi.
Xabarga ko‘ra, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyning CCSP kompaniyasi rahbari Yuan Ji Joun bilan uchrashdi. Uchrashuv avalida Xitoy tomoniga Navoiy viloyatida so‘nggi yillarda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, investitsiya muhiti to‘g‘risida maʼlumot berildi.
CCSP kompaniyasi rahbari viloyatdagi granit, mramor va dolomit konlariga qiziqish bildirdi. Shuningdek, kompaniya sanoat korxonalari uchun havo filtrlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha izlanishlar olib borayotgani maʼlum qilindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Navoiy viloyati hokimi investorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, Xitoy korxonasi vakillarini mavjud karyerlar va sanoat hududlari bilan tanishtirilishini bildirdi.
CCSP kompaniyasi muhandislik dizayni va texnik modifikatsiyasi, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, aqlli zavod qurish, “yashil” texnologiyalarni loyihalash kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.
Izoh (0)