Toshkent viloyati G‘azalkent shahrida IIB xodimlari qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 26-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda, Toshkent viloyati G‘azalkent shahrida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari Toshkent shahri Olmazor tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha gumonlanayotgan jinoiy guruh aʼzolarini qo‘lga olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mashina bagajida jasad borligi aytilgan xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda, ishga oid boshqa maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Izoh (0)