• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jeki Chan, Tom Kruz va suratga olish maydonchasida xavfli tryuklarni o‘zi bajaradigan boshqa aktyorlar (foto)

    Gollivudda xavfli tryuklarni amalga oshirishda kaskadyorlar yordamidan foydalanadigan aktyorlar ko‘p. Biroq ularning orasida muxlislarining e’tirofiga sazovor bo‘lish uchun hech qanday xavfdan qo‘rqmaydigan, aql bovar qilmas tryuklarni o‘zi bajaradigan aktyorlar ham bor. Europa Plus nashri shu kabi aktyorlar haqida ma’lumot berdi.

    Kianu Rivz

    Kamtarligi bilan mashhur bo‘lgan Kianu Rivz jangovar sahnalarni, mototsikl bilan bog‘liq, yuqoridan pastga sakrash tryuklarini kaskadyorlarning yordamisiz amalga oshiradi. Uning fikricha, aktyor bunday tryuklarni o‘zi bajarishi kerak — bu uning ishi. U “Matritsa” filmining suratga olish paytida osmono‘par binodan taxminan 20 marta sakrab tushganini aytgan. Mashinani oxirgi tezlikda haydash ham uning uchun muammo emas.

    Foto: Europa Plus

    “Tryuklarimning 90 foizini o‘zim bajaraman, chunki men tomoshabinlar bilan bog‘lanishga harakat qilaman”, — deydi Rivz.

    Tom Kruz

    Tom Kruzning tryuklariga qarab, beixtiyor uning miyasida qo‘rquv yo‘qmi, deb o‘ylaysiz. Qanday qilib samolyotning eshigidan ushlab uchish mumkin? Osmono‘par binodan qochish, suv ostida nafasni 6 daqiqa ushlab turish, mototsiklda tramplindan tubsizlikka sakrash, aktyor bularning barchasini bajargan. Aktyor ayrim tryuklarini bajarishda himoyalanmagan. Ekstremallik aktyorga zavq beradi.

    Foto: Europa Plus

    “Avvaliga bu tryuk sizni asabiylashtiradi, biroq keyin faqat ilhomlantiradi. Bunday suratga olish jarayonlari paytida tabassumimni zo‘rg‘a ushlab turaman ”, — deydi aktyor.

    Sharliz Teron

    Balet mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish aktrisaga o‘z ishida yordam beradi. U epizodning belgilangan xoreografiyasiga qat’iy rioya qilinishi kerak bo‘lgan jangovar sahnalarda o‘zini ishonchli his qiladi. Teron “Shaddod mallasoch” loyihasining suratga olish maydonchasida 7 daqiqalik jangovar sahnani o‘ynadi. U zinapoya bo‘ylab ko‘p erkaklarni tarqatib yuborishi va birinchi bo‘lib zinapoyadan pastga tushishi kerak edi. Epizod shu qadar qiyin kechdiki, operator kamerani kaskadyor koordinatoriga topshirdi, u ham aktrisa bilan birga sakrab, yugurib, yiqilib tushdi.

    Foto: Europa Plus

    Sharlizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda kuchli. U “Italyancha ish” filmiga tayyorgarlik ko‘rish paytida quyidagi fikrlarni bildirgan.

    “Men yigitlarga qaraganda olti hafta ko‘proq mashq qildim. Bu adolatdan emas. Jahlim chiqdi va: ‘Yaxshi, kelinglar, bu o‘yinni o‘ynaymiz’, dedim. Mening vazifam eng zo‘r bo‘lish edi”, — deydi aktrisa.

    Josh Xatcherson

    Kentukkilik yigit uyini sotib olgan kumirlari Jeyk Jillenxol va Xit Ledjer kabi o‘zini ishga bag‘ishlaydi. “Ochlik o‘yinlari” va “Yer markaziga sayohat” filmlarining suratga olish maydonchasida bu juda ko‘p kuchni talab qildi, biroq natija yaxshi bo‘ldi.

    Foto: Europa Plus

    Kristen Styuart

    Foto: Europa Plus

    “Sumerki”dan keyin Kristen Styuart “tosh yuzli qiz” nomini oldi. U xeyterlarga e’tibor bermaydi va ishni juda professional tarzda bajarishda davom etadi. U “Sumerki”dagi barcha xavfli sahnalarni o‘zi o‘ynashga harakat qilgan.

    Jeyson Stethem

    Stethem pul evaziga Gay Richi bilan shaxmat o‘ynashni va kinoda kaskadyorlik qilishni yaxshi ko‘radi. Suvga sho‘ng‘ish mashg‘ulotlari davomida u o‘z tanasini boshqarishni va tanani tushunishni o‘rgandi. Jeyson qanday tryuklarni qila olishini va qila olmasligini biladi (bunday tryuklar deyarli yo‘q).

    Foto: Europa Plus

    “Chegarasiz-3” filmining suratga olish joyida Stethem mashina bilan dengizga tushib ketdi. Agar uning o‘rnida boshqa aktyor bo‘lganida, hammasi fojia bilan yakunlangan bo‘lardi, biroq aktyor uchun bu qiyin kechmadi.

    “Men sport bilan shug‘ullanganman. Kimdir aktyorlik bo‘yicha o‘qigan, men esa qariyb 20 yil kaskadyorlik bo‘yicha o‘qiganman. Buni o‘tkazib yubormang. Men ham hamma kabi qo‘rqaman. Biroq o‘zimda vahima paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman. Ba’zida qo‘rquv foydali — bu tufayli adrenalin ishlab chiqariladi va bu tryuklarni bajarishga yordam beradi”, — deydi aktyor.

    Deniel Kreyg

    Foto: Europa Plus

    Jeyms Bond nafaqat aqlli, balki yomon insonlarga qarshi kurashish uchun ham kuchli bo‘lishi kerak edi. Deniel Kreyg Pirs Brosnandan rolni qabul qilib olgandan so‘ng, ko‘plab tryuklarni bajarishga imzo chekdi. Kadrda mushtlarini organik ravishda silkitish uchun aktyor sobiq dengiz piyodasi Saymon Uoterson bilan mashq qildi. O‘quv dasturi har bir yangi film uchun moslashtirildi. Bir epizodni suratga olishda Kreyg zarbadan qutula olmadi va ikkita tishini yo‘qotdi. Biroq regbi maktabida tahsil olgan aktyor bunday jarohatlardan qo‘rqmaydi:

    “Otam sportchi bo‘lishimni orzu qilardi. Men regbini juda yaxshi o‘ynardim, deyarli professional darajada edim va keyinchalik futbol bilan shug‘ullandim. O‘sha yerda yelkamni jarohatlab oldim, bu hamon meni bezovta qilmoqda”, — deydi aktyor.

    Jeki Chan

    Aktyor o‘zi amalga oshirgan barcha tryuklarni eslay olmaydi, chunki u juda ko‘p qiyin vazifalarni bajargan. Jeki Chan kinoga rol o‘ynash uchun chaqirilmaydi: rejissorlar loyihaga ekshenni qo‘shish uchun gonkonglik aktyordan foydalanadi. Aktyor havo sharidan sakrab tushgan, shishali osmono‘par binodan pastga yugurgan, yuk mashinalari ostida rolikli konkida uchgan. U har bir filmda kurash olib borgan.

    Foto: Europa Plus

    Jekining tanasida birorta ham sinmagan suyak qolmagan va sug‘urta kompaniyalari u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan. 2012-yilda u ekstremal kinodan voz kechish vaqti keldi, deb qaror qildi:

    “To‘g‘risini aytsam, men endi yosh emasman. Shunchaki hayotimni xavf ostiga qo‘ymoqchimasman”, — deydi Jeki Chan.

    12.07.2023, 11:30   Izoh (0)   8353
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    34 yoshli reper Shahriyor uylandi (video)

    12.07.2023, 09:23

    “Kelin qiz bo‘lmas ekan”. Rejissor Zebo Navro‘zova kelinlarini ishlab pul topishga undashi haqida gapirdi 

    11.07.2023, 21:56

    Jonni Depp, Megan Foks va injiqligi bilan tanilgan boshqa Gollivud yulduzlari 

    11.07.2023, 19:35

    “Rossiyada ko‘cha supurib, repetitorga pul yig‘ganman”. Komik aktyor Shahboz Narziyev tasodifan san’atkor bo‘lgani va “Million”ga “qimmatga tushgan to‘y” haqida (v...

    11.07.2023, 17:51

    “Pul men uchun birinchi o‘rinda emas”. Munisa Rizayeva Qatardan bo‘lgan 500 ming dollarlik taklifni rad etgani, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i va 2 yillik depressiya ha...

    11.07.2023, 15:46

    Rossiyalik bastakor Maksim Fadeyev xonanda Nargiz Zokirovaning Toshkentdagi konsertida mualliflik huquqi buzilishi ehtimoli bo‘yicha O‘zbekiston Madaniyat vazirlig...

    11.07.2023, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Medvedevning tahdidiga javoban AQSHning ikkita yadroviy suv osti kemasini Rossiya yaqiniga joylashtirishni buyurdi

    Dunyo | 2 avgust, 10:10

    2,2 mlrd dollarlik kassa: 2025-yilning eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta filmi

    Madaniyat | 2 avgust, 09:45

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.