• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Millionlab ko‘chatlarni ekildi deb qo‘shib yozishgan” — Aziz Abduhakimov “Yashil makon”dagi o‘yinlar haqida

    “Yashil makon” loyihasi doirasida ikki milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlarni hisobotga “ekildi” deb qo‘shib yozilgan, sug‘orib bo‘lmaydigan joylarga 7,3 million tup nihol o‘tqazilgan, ekilgan 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar belgilanmagan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.

    Aziz Abduhakimov
    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 

    Aziz Abduhakimovning aytishicha, ko‘chatlar ekilganining haqqoniyligi tekshirilganda ayrim rahbarlar tomonidan bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

    “Monitoring davomida ekilmagan ko‘chatlarni ekildi deb hisobotga qo‘shib yozish holatlarini aniqladik. Maʼlumot uchun, Navoiy viloyatida 959 ming, Toshkent viloyatida 564 ming, Farg‘ona viloyatida 465 ming, Qashqadaryo viloyatida 227 ming tup ekilmagan daraxt ko‘chatlari hisobotga ‘ekildi’ deb qo‘shib yozilgani aniqlandi. Shu bilan birga, 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar umuman belgilanmagani oshkor bo‘ldi. Eng achinarli ahvol – Farg‘ona viloyatida. U yerda 415 ming tup daraxtga umuman, hech qanday masʼul belgilanmagan. Toshkent viloyatida 355 mingta, Surxondaryoda 331 mingta, Buxoroda 136 mingta, Qoraqalpog‘istonda 136 mingta ekilgan daraxtlar eʼtiborsiz qoldirilgan”, — dedi vazir.

    Aziz Abduhakimovning qo‘shimcha qilishicha, sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chatlar ekilgani ham aniqlangan.

    “Bu shuncha ko‘chat parvarishlab, daraxtga aylantirish imkoniyati bo‘lmagan joylarga ekilgan degani. Jumladan, Navoiy viloyatida 3 million tup, Toshkent viloyatida 2 millionta, Surxondaryoda 404 mingta, Xorazmda 338 mingta, Qashqadaryoda 336 ming tup daraxtlar sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan”, — dedi u.

    Vazirga ko‘ra, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib daraxt va butalarning mos turlarini tanlanmay ekish holatlari ham aniqlangan.

    “Masalan, janubiy hududlarda o‘suvchi butalarni shimoliy hududlarga, yoki aksincha, shimolda o‘suvchi o‘simliklarni janubda ekilishiga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, 2022-yilda Toshkent—Samarqand—Buxoro yo‘nalishining Sirdaryo viloyatidan o‘tuvchi M–39 avtoyo‘li bilan temiryo‘l oralig‘ida 3 ming 530 tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shundan 3 ming 210 ta tupi ‘Eldor’ qarag‘ayi, yaʼni ‘Sasna’ daraxti va 520 tup terak ko‘chatlari qurib qolgan. Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish va parvarishlash yuzasidan masʼullarga 10 ming 961 ta majburiy ko‘rsatmalar berilib, talablarni bajarmagan 753 nafar huquqbuzarga nisbatan 1 milliard 156 million so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llangan”, — dedi Aziz Abduhakimov.

    Maʼlumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistondagi yashil maydonlar 6 million 673 ming gektarni tashkil etadi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekish belgilangani nazarda tutilgan. O‘tgan 2021-yilda respublikada 85 million tup, 2022-yilda jami 202,7 million tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. Joriy yilning bahorgi mavsumida hududlarga 127,7 million tup daraxt o‘tqazilgan.

    05.07.2023, 15:50   Izoh (0)   5228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada ekspertiza xulosasini ijobiy qilish evaziga 2 mln so‘m pora so‘ragan shifokorga sud hukmi o‘qildi

    05.07.2023, 15:11

    Sirdaryoda 49 yoshli ayol bir buyragini ukasiga berdi 

    05.07.2023, 14:59

    O‘zbekistonda olti oyda 2,2 ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlandi

    05.07.2023, 14:31

    O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun ham juda issiq bo‘ldi

    05.07.2023, 14:19

    Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi

    05.07.2023, 14:01

    Migratsiya agentligi xorijga ishlashga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

    05.07.2023, 12:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.