• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Avariyadan keyin, bir yil to‘shakka mixlanganman” — otasidan ayrilgan, maktabdayoq mashhurlikka erishgan va to‘ydan oldin ayolini to‘rt yil sinagan Tohir Sodiqov 50 yoshda (foto, video)


    Bejiz “Bolalar” guruhi afsonaviy deya ta’riflanmaydi. Boisi guruh qisqa vaqtda mashhurlikka erishgan va uch oyda “Xalqlar do‘stligi “san’at saroyida konsert bergan. Ular  iTunis da albom chiqargan ilk o‘rta osiyolik guruh hisoblanadi. Xo‘sh, Tohir Sodiqov qanday qilib san’atga mehr qo‘ydi va bu borada uni kimlar qo‘llab -quvvatladi?

    Tohir Sodiqovning otasi Bahromjon Sodiqov zahiradagi ofitser va uchuvchi bo‘lgan. Ammo u farzandlari yoshligida hayotdan ko‘z yumgan. Onasi esa qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tahsil olgan, ammo ancha yil uy bekasi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i vafot etib, ro‘zg‘or yuki yelkasiga tushgach, zavodga ishga kirgan. Xonanda bolaligini juda yaxshi eslaydi. U maktabdagi eng sho‘x o‘quvchilardan biri bo‘lgan.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — Juda sho‘x bo‘lganman, ammo 10 yil o‘qib biror marta choragimga uch baho qo‘yishmagan. To‘rt baholarim ham bir-ikkita bo‘lardi xolos. Kitob o‘qish jon-u dilim edim. Men o‘zbek sinfda opalarim esa rus sinfda o‘qishgan. Ammo rus tilida ulardan kam bilmasdim. Maktabdosh do‘stlarimiz bilan 1989-yili guruh tashkil qilish va qo‘shiq aytish fikri paydo bo‘lgan. Javohir Zokirov pochchasi bilan gaplashib ko‘rishini aytgan. U paytda Nargiz Zokirovaning turmush o‘rtog‘i Ruslan Sharipov edi, — deydi Tohir Sodiqov.

    Javohir Zokirov sabab Tohir Sodiqov Ruslan Sharipov bilan tanishgan. U o‘z davrining eng hit qo‘shiqlarini yozadigan bastakori edi. “Bolalar” guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — U yillari “Loskoviy may” guruhi ijodi gullagan yillar edi. Biz ham barcha yoshlar singari ularga havas qilardik, ba’zan o‘xshashga intilardik. Guruhga nom topish kerak bo‘lganida ham “Jozibor may” deb nomlamoqchi bo‘lganmiz. Bir kuni Ruslan Sharipovning ofisiga borib, shu borada gaplashib qoldik. U o‘zbek qo‘shiqchilari bilan ishlasa ham bu tilni uncha yaxshi bilmasdi. Yoshimiz deyarli teng bo‘lsa ham “Patsani” deb murojaat qilardi. Shunda Bahodir Po‘latov “Bolalar” deb qo‘ysakchi deb taklif kiritdi. Nom barchaga ma’qul bo‘lganidan keyin shunday nomlashga qaror qildik, — deydi Tohir Sodiqov.

    Guruh ilk yakkaxon konsert dasturini 1990-yil 23-fevralda “Alpomish” sport saroyida taqdim etgan. Yanvar oyida esa “Esingdami seni” nomli ilk albomi taqdim etilgan edi. Oradan uch oy vaqt o‘tmasdan muxlislardan konsert berish borasida jiddiy takliflar tushgan va ular “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert berishgan. 

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — O‘sha yillarda konsert tashkilotchilari bo‘lib ishlagan insonlar “Bolalar”ni juda yaxshi eslashadi. Talab yuqori bo‘lgani uchun bitta stadionda ikki-uch marotaba konsert berardik. Jamoamiz katta edi, uning ustiga diskoteka ruhiyatini yaratish uchun chiroqlar va ovoz kuchaytiruvchi uskunalarni ham o‘zimiz bilan olib yurardik. Endi Toshkentga qaytamiz deganimizda yana qaysidir viloyat yoki qo‘shni respublikadan taklif tushardi. Ammo juda qiyin yillar edi. Bir mashina pulingiz bo‘lsa ham do‘konlarda sotib olishga narsa bo‘lmasdi. Gostrollarda ovqatdan ko‘p qiynalardik, — deydi Tohir Sodiqov.

    Tohir Sodiqovning xorijga ilk safari 1995-yili bo‘lgan. U ilk marta AQSHga borganida ko‘zlariga ishonmagani va musiqiy do‘konda bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — AQSHga ilk marta 1995-yili borganman. U yillarga borib kassetalar yo‘qolib, disklar paydo bo‘layotgan yillari edi. “Bolalar” guruhi O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib albomini disk ko‘rinishida chiqargan. Yashirmayman, o‘shanda AQSHdagi baland binolarni ko‘rib og‘zim ochilib qolgandi. Musiqiy albomlar do‘koniga borganmiz. Mamlakat harfini tanlasangiz, u yerdagi mashhur qo‘shiqchilarning nomi chiqar ekan. O‘zbekistonlik qo‘shiqchilardan Turg‘un Alimatov, Munojat Yo‘lchiyeva va “Yalla” guruhining albomlari sotilar ekan. Sotuvchiga 10 ta yangi albomimni qoldirib, kartatekaga kiritib qo‘yishini so‘ragandim, — deydi Tohir Sodiqov. 

    Tohir Sodiqovga “Hayotingizdagi eng quvonchli kun qaysi” deb savol berishganida “Uylangan va ilk bor ota bo‘lgan kunim” deb javob beradi. Xo‘sh, u ayoli Shahnoza bilan qanday tanishgan?

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — Bir kuni Toshkentdagi Qorasuv dahasi tomondan qaytayotgandik. Yomg‘ir yog‘ib turibdi, bir qiz yo‘lda ketayotgan ekan. Unga rahmim kelib to‘xtasam, “Kerakmas, ketavering” deb noz qilgan. Ertasi kuni ham uni yo‘lda ko‘rganman. Xullas, ko‘nglim tushib, uy telefonini so‘raganman. Ammo meni haligacha qiziqtiradigani Shahnoza u dahada yashamagan, o‘qimagan bo‘lsa (kulib). Men bilan uchrashish uchun atayin yo‘limdan chiqqanmikan? Ayolim bilan to‘rt yil davomida bir-birimizni sinaganmiz. Onamga sovchilikka boring desam, “Ishni avval pishit, borsam uydagilari yo‘q desa-chi”, degan. Chunki onam juda g‘ururli inson bo‘lgan. Xullas, bir-birimizni sinaganimizdan keyin oila qurishni taklif qilganman. Ikki qiz va bir o‘g‘il farzandni tarbiyaladik. Shahnozaning asl kasbi shifokorlik, ammo farzandlar sabab ishlamadi, — deydi Tohir Sodiqov.

    Har bir inson hayotida tushkunlik holatlari bo‘ladi. 2000-yili “Bolalar” guruhi tarkibida ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lgan. Ko‘pchilik jamoa a’zolari guruhni tark etgan. Mish-mishlarga qaraganda, bu o‘zgarish Tohir Sodiqovning salomatligi yomonlashiga sabab bo‘lgan ekan.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — Tushkunlik holatlari har doim bo‘ladi. Ammo guruhni tark etganlarning ham qarorini hurmat qilaman. Ular guruh tarkibida bo‘lmasa ham do‘stligimiz saqlanib qolgan. Men biror nimadan siqilsam, qo‘shiq yozib kuch oladigan insonman. O‘sha yillari “yo‘qolib” qolishimning sababi avtofalokatga uchraganim bilan bog‘liq. Oyog‘im jiddiy jarohatlangani uchun bir yil davomida to‘shakka mixlanib qolganman. Ammo o‘shanda ham qo‘shiqlar yaratib, oyoqqa turganimdan keyin uning bir nechtasini studiyada yozdirganman, — deydi Tohir Sodiqov.

    Tohir Sodiqov o‘zbek estradasidagi duetdosh tanlash borasidagi eng injiq xonanda hisoblanadi. Hatto, u Cover Up loyihasida g‘olib bo‘lgan yosh ijodkor bilan duet kuylashni ham rad etgan. Buning sababini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — Yuristim va menejerim bor. Men avvaldan duetlarni shunchaki ijro etgan odam emasman. Taklif u xonanda tomonidan kiritilayotgan bo‘lsa, albatta, haq so‘rayman. Men bilan duet aytish uchun 25-30 ming AQSH dollari miqdorida gonorar to‘lashi kerak. Ko‘rsatuvga borganimda kutilmaganda duet aytasiz deb qolishgan. 34 yillik san’atkor yosh ijrochi bilan duet kuylashi qanchalik to‘g‘ri. Dadasi yoki kanal ma’muriyati pul bersa boshqa gap edi, — deydi xonanda Tohir Sodiqov.

    Xonanda qanday vaziyatlarda o‘zini noqulay his qilishi haqida ham aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @tokhir_sodikov_official

    — Har bir insonning o‘z uslubi bor. Masalan, menga kastyum-shim va bo‘yinbog‘ yoqmaydi. O‘zimni noqulay his qilaman. Bo‘yinbog‘ bilan gitara chalish ham noqulay. Men musiqa maktabida o‘qimaganman. Oliy ma’lumotli ham emasman. Sahnada erkin kuylashim uchun libosim ham shunga hamohang bo‘lishi kerak, — deydi Tohir Sodiqov.

    02.07.2023, 18:50   Izoh (0)   30926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Otam o‘lgach, o‘g‘ay onam qo‘lida tarbiyalandim” — aktrisa Jayrona Hasanova onasini eslay olmasligi va o‘gay onasi bilan bugungi munosabatlari haqida gapirdi (fot...

    02.07.2023, 13:33

    Jonni Depp masxarabozdan, Orlando Blum hasharotlardan qo‘rqadi: Jahon yulduzlarining hammani hayratga soladigan fobiyalari

    02.07.2023, 09:46

    Beyonse Yevropa bo‘ylab o‘tkazgan 21 ta konsertidan salkam 155 mln dollar ishlab topdi

    01.07.2023, 17:40

    Madonna jiddiy bakterial infeksiya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi

    01.07.2023, 16:45

    Keksaygan Blum, ona bo‘lgan Naytli, sudlashgan Depp: “Karib dengizi qaroqchilari” yulduzlari 20 yilda qanchalik o‘zgardi?

    01.07.2023, 12:55

    Anjelina Joli, Meril Strip va farzandlari bilan bir filmda suratga tushgan boshqa mashhurlar (foto)

    30.06.2023, 21:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20

    Pokiston Trampni Tinchlik Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi

    Dunyo | 21 iyun, 09:10

    Xyu Jekman muxlislardan qochib notanish kishining mashinasiga o‘tirib oldi

    Layfstayl | 21 iyun, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.