Pokiston afg‘on ko‘mirini import qilish uchun temiryo‘l quradi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
National Engineering Services Pakistan’ga ko‘ra, yangi liniya Afg‘oniston chegarasidagi Xarlachi nazorat-o‘tkazish punktini Kohat shahri bilan bog‘laydi. Temiryo‘lning uzunligi 158 kilometrni tashkil qiladi.
U orqali nafaqat ko‘mir import qilish, balki Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga sement, mebel, to‘qimachilik mahsuloti, go‘sht, ho‘l va quruq mevalar eksport qilish ham rejalashtirilgan. Xarlachi—Kohat temiryo‘lini Afg‘onistonning ko‘mirga boy Badaxshon, Tohar va Hirot viloyatlarigacha uzaytirish ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)