• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Umurtqa pog‘onasining holati sog‘lig‘imiz va his-tuyg‘ularimiz bilan nechog‘li bog‘liq?

    Agar zamonaviy tibbiyot kasallangan organ va tizimlarni alohida davolashni nazarda tutsa, muqobil yaxlit tibbiyot, aksincha, inson organizmini yagona tizim sifatida davolashni ilgari suradi. Zamonaviy ilm-fanning tendensiyasi bu ikki yo‘nalishni birlashtirishdir. Bu nimaga olib kelishi mumkin va bugungi kunda umurtqa diagnostikasida qanday ishlaydi? Bu haqda Vu Ming Dao davolash amaliyoti maktabining mutaxassisi Anna Vladimirova so‘zlab berdi.

    Foto: Marie Claire

    Agar tish og‘risa, stomatolog qabuliga boramiz. Ammo kardiolog qabuliga emas, garchi (va bu ilmiy haqiqat bo‘lsa ham!).

    Kariyesni keltirib chiqaradigan bakteriyalar hayot uchun xavfli bo‘lgan endokardit — yurakning ichki qobig‘ining yallig‘lanishini qo‘zg‘atadi.

    Negaki bizda bolalikdan turli a’zolarni davolash uchun turli shifokorlarga borganimiz sababli, har bir a’zo o‘ziga xos kasallikdan aziyat chekadi, uni boshqa a’zolardan mustaqil ravishda davolash mumkin, degan qarash paydo bo‘lgan.

    Agar siz bu haqda o‘ylab ko‘rsangiz va chuqurroq nazar solsangiz, aniq xulosaga kelishingiz mumkin: bir-biridan bir necha santimetr masofada joylashgan organlar mustaqil ravishda ishlay olmaydi (va shuning uchun ham kasal bo‘lib qoladi).

    Og‘rib qolganda faqat bitta a’zoni emas, balki butun organizmni davolash kerak.

    Tana asosi

    Inson organizmi barcha organlar va tizimlarni bir butunga birlashtirgan kuchli ramkaga ega. Umurtqa pog‘onasi — tananing asosi bo‘lib, deyarli barcha ichki organlar unga biriktirilgan. Nervlar umurtqa pog‘onasidan tarqaladi, bu orqali miya ichki organlarning ishini boshqaradi va ulardan axborot oladi.

    Shunga ko‘ra, agar umurtqa pog‘onasida buzilishlar mavjud bo‘lsa, unda ichki organlarga boradigan nervlar noto‘g‘ri ma’lumotni uzatishi mumkin va bu bilan organ zarar ko‘radi. Qarama-qarshi fikr ham to‘g‘ri: agar u yoki bu organ kasallansa, bu umurtqa pog‘onasi holatiga ta’sir qilishi mumkin.

    Umurtqa pog‘onasi diagnostikasi

    Tibbiy amaliyotda segmental innervatsiya xaritasi deb ataladigan narsa mavjud: u qaysi umurtqa qaysi organlar bilan bog‘liqligini aniq ko‘rsatib beradi.

    • Bo‘yin umurtqasi (1 dan 7 gacha) — eshitish va ko‘rish organlarining sog‘lig‘i, nutq apparati va miya holati bilan bog‘liq. Bo‘yin umurtqasidagi mushaklarning zo‘riqishi bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Bo‘yin hududini bo‘shashtirishga qaratilgan mashqlar bosh og‘rig‘ini (hatto, hujum paytida ham) yengillashtiradi va ko‘rishni yorqinlashtiradi.
    • Yettinchi bo‘yin umurtqasi — qalqonsimon bezning sog‘lig‘i uchun mas’ul bo'lgan katta nerv markazi. 7-umurtqa va 1-3 ko‘krak umurtqalarining mintaqasi ham yurak salomatligi bilan bog‘liq. Bo‘yinning pastki qismida qo‘ng‘izsimon bo‘rtma paydo bo‘lgan keksa odamlarga e’tibor bering. 99 foiz ehtimollik bilan ular yurak bilan bog‘liq muammolarga duch keladi: bosimning ko‘tarilishi, stenokardiya yoki aritmiya hujumlari kuzatiladi. Agar yosh odamda umurtqa pog‘onasining bunday deformatsiyasi kuzatilsa, bu ogohlantiruvchi signal bo‘lib, umurtqa pog‘onasiga g‘amxo‘rlik qilish va yurakni tekshirish vaqti kelganini anglatadi.
    • 4-8 ko‘krak umurtqalari ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘langan. Misol uchun muntazam qahva iste’moli ko‘krak sohasida og‘irlik hissini berishi mumkin. Va bu yerda gap shundaki, oshqozon mahsulotni deyarli o‘zlashtirmaydi va ko‘krak umurtqasiga noqulaylik signalini uzatadi.
    • 9-12 ko‘krak umurtqalari peshob tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun javobgardir. Bu sohada birinchi marta og‘riq bo‘lganda, odam mushakni tortib olganmi yoki buyrak og‘riyaptimi, mustaqil ravishda aniqlay olmaydi. Har holda pastki ko‘krak sohasidagi og‘riqlar urologga borish uchun sababdir.
    • Belning yuqori qismi yo‘g‘on ichak bilan bog‘langan. Masalan, odatiy bel og‘rig‘i ichak disbiyozini davolashdan keyin o‘tib ketishi mumkin. Bu o‘lchov teskari yo‘nalishda ham ishlaydi: umurtqa pog‘onasini yaxshilash uchun mashqlarni boshlaganingizdan so‘ng muntazam qorin og‘rig‘i ketish ehtimoli bor.
    • Bel umurtqasining pastki qismi — reproduktiv a’zolardan keladigan signallar uchun javobgar. Bu organlarning turli xil yallig‘lanish kasalliklari belning pastki qismida noqulaylik hissini berishi mumkin.

    Xitoycha anatomiya

    Xitoylik shifokorlar umurtqa pog‘onasi va ichki organlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni rentgen nurlari ixtiro qilinishidan bir necha ming yillar oldin aniqlagan. Akupunktur nazariyasiga ko‘ra, har bir organga ta’sir qilish uchun umurtqa pog‘onasi yonida joylashgan nuqta mavjud. Agar unda og‘riq kuzatilsa, ma’lum bir kasallik haqida gapirish mumkin va uni davolash uchun bu nuqta faollashtirilishi kerak: masalan, igna yoki massaj yordamida. Umurtqa va ichki organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa haqidagi anatomik g‘oyalar asosan segmentar innervatsiyaning zamonaviy xaritasiga mos keladi.

    Bundan tashqari, qadimgi Xitoy olimlari bizning hissiy sezgilarimiz tana orqali amalga oshiriladi, degan xulosaga kelgan. Ular his-tuyg‘ularni tizimlashtirdilar va qaysi turdagi xavotirlar ma’lum bir organni ishdan chiqarishini aniqladilar.

    • 3 ko‘krak umurtqasi — o‘pkaning faoliyati bilan bog‘liq. Bu yerda to'planagan va nafas olishni buzadigan tuyg‘u — qayg‘u.
    • 4-5 ko‘krak umurtqalari — yurak bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning asosiy dushmani g‘azab va jahldorlikdir.
    • 9-10 ko‘krak umurtqalari jigar va o‘t pufagi bilan bog‘langan. Bu organlar agressiya va achchiqlanish bilan halokatga yuz tutadi.
    • 11 ko‘krak umurtqasi — taloq. Bu organ odamning uzoq vaqt davomida bir xil fikrda bo‘lishi, uni xayoldan chiqazib yubormasligi, muvaffaqiyatsizliklarini qayta-qayta boshdan kechirishga intilishidan ko‘p aziyat chekadi.
    • 2-bel umurtqasi buyraklar ishi bilan bog‘liq. Ushbu organning salomatligiga qo‘rquv eng ko‘p ta’sir qiladi.

    Sharqona massajning juda oddiy texnologiyasi mavjud bo‘lib, har bir kishi uy sharoitida uni o‘zlashtira oladi, yaqinlariga kuch va sog‘ligini tiklashga yordam beradi. Yuqorida tavsiflangan nuqtalar ikki barmoq masofasida ko‘rsatilgan umurtqa qarshisida joylashgan. Va ulardan yana ikki barmoq masofasida Xitoy an’analariga ko‘ra, bu organlarda to‘plangan halokatli his-tuyg‘ular uchun mas’ul bo‘lgan nuqtalar mavjud. Shu tariqa barmoq uchlari bilan umurtqa pog‘onasi bo‘ylab massaj qilish orqali siz butun tananing faoliyatini yaxshilashingiz mumkin. Massaj harakatlari yumshoq bo‘lishi kerak: barmoqlaringizni umurtqa pog‘onasi bo‘ylab yuqoridan pastga siljiting.

    Massaj paytida og‘riq bo‘lmasligi kerak: agar u yoki bu nuqta og‘riqli bo‘lsa, unga yanada bosim o‘tkazmang, aksincha, bosimni yengillashtiring.

    Albatta, massaj natijasida u yoki bu o‘tkir kasallik yo‘qoladi yoki, aytaylik, sirroz bilan kasallangan jigar tiklanadi, deb umid qilib bo‘lmaydi. Ko‘p yillar davomida hosil bo‘lgan kasalliklar uchun yanada kuchli davolash texnologiyalari mavjud. Ammo ichki organlar kasalliklarining oldini olish va organizmning umumiy davolanishi uchun bunday massaj oson va samarali vositadir. Umurtqa pog‘onasi va organlarga ta’sir qilishdan tashqari, asab tizimiga ham ijobiy natija ko‘rsatadi, shuning uchun yaxshi bajarilgan massajdan so‘ng siz barcha tashvishlardan ikki haftalik ta’til hissini olasiz.

    26.06.2023, 13:13   Izoh (0)   7375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bel og‘rig‘i haqida nimalarni bilishingiz kerak?

    01.06.2023, 15:58

    Hamma bilishi kerak: umurtqa pog‘onasi churrasi borligidan darak beradigan 3 ta belgi

    04.06.2023, 09:45

    Bosh og‘rig‘i, qadoqlar va charchoq: yassi oyoqlikning ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta salbiy oqibati

    15.06.2023, 13:40

    Tomoq og‘riganda og‘iz bo‘shlig‘ini qanday chayqash kerak?

    26.06.2023, 10:41

    Bedana tuxumining salomatlik uchun foydasi beqiyos, zarari-chi? 

    25.06.2023, 16:08

    Temir tanqisligi, qandli diadet va depressiya: doimiy charchoq ortiga yashirinadigan 5 ta kasallik

    25.06.2023, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.