“O‘zgidromet” Termiz shahrida 22-iyun kuni ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 metr/sekundni, ko‘rinish 500 metrni tashkil etdi.
Soat 10:00 da ushbu ko‘rsatkich 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 metr/sekundni, ko‘rinish 700 metrni tashkil etdi.
Soat 11:00 da bu miqdor 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 metr/sekundni, ko‘rinish 700 metrni tashkil etdi.
Soat 12:00 da 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 metr/sekundni, ko‘rinish 1000 metrni tashkil etdi.
Aholiga ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etildi. Ochiq havoda bo‘lganlarga niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya qilindi.
Izoh (0)