O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda ta’limni rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj 100 foiz qoplanadi. Buning uchun 2 mingta yangi davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etiladi (hozirda 60 foiz).
Zamonaviy maktablar barpo etish, ularning quvvatini oshirish, xususiy sektorga sharoit yaratish hisobiga, 2030-yilga qadar, qo‘shimcha 100 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Shu bilan birga, viloyatdagi barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari va interaktiv doskalar bilan jihozlanadi.
Izoh (0)