Abu-Dabida BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar va yangi metodologiyalarni, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usulini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Ma’lum qilinishicha, tashrif bilan BAAda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Abu-Dabida Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti, BAA Milliy meteorologiya markazi bosh direktori Abdulloh Al Mandus bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vazir BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar va yangi metodologiyalar, jumladan, yomg‘ir hosil qilish usuli bilan tanishib, ularning tajribasini O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollari muhokama qilingan.
Vazir, shuningdek, BAA iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Mariyam Almheyri bilan ham uchrashib, suv tanqisligi, suvni chuchuklashtirish, bioxilma-xillikni himoya qilish, yangi daraxtzorlar barpo etish sohalarida Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi bilan sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda BAAning mazkur yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishga alohida e’tibor qaratgan.
Izoh (0)