26-iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqiladi — da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov. Bu haqda Toshkent shahar sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda keltirilgan.
Da’vo predmeti sifatida vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ko‘rsatilgan. Ma’lumotga ko‘ra, birinchi instansiya sudida ishni sudya Aziz Rahmonov ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning Krasnogorsk shahrida xotinini kaltaklaganlikda gumonlanib, ushlangan Pyotr Karimov meros bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelmoqchiligi aytilgan edi.
Izoh (0)