“PSJ” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bir mavsumda urgan gollari soni bo‘yicha fransiyalik futbolchilar orasida rekord natija qayd etdi.

24 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi safida Yevro—2024 saralashi doirasida Gretsiyaga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) gol urdi. Bu Mbappe uchun joriy mavsum klub va terma jamoa safidagi 54-gol bo‘ldi.
Kilian fransiyalik futbolchilar orasida bir mavsumdagi gollar soni bo‘yicha rekord natijani yangiladi. Avvalgi rekord Jyust Fontenga tegishli bo‘lib, futbolchi 1957/58-yilgi mavsumda “Reyms” va Fransiya termasi safida 53 ta gol urgan.
Shuningdek, bu Mbappe uchun Fransiya terma jamoasidagi 40-gol bo‘ldi. Terma jamoa to‘purarlari ro‘yxatida Mbappe 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fransiya terma jamoasi to‘purarlari
- Olivye Jiru (54 ta gol)
- Tyerri Anri (51)
- Antuan Grizmann (43)
- Mishel Platini (41)
- Kilian Mbappe (40)
Izoh (0)