• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Alamli mag‘lubiyatlar, Ali Dayining het-triki va 11 o‘yinda 2 ta gol. O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yinlari haqida

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-iyun, seshanba kuni CAFA Nations Cup—2023 finali doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan “Daryo” jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligi tarixini yodga oladi.

    Foto: O‘FA

    Prevyu

    Bu jamoalar o‘rtasidagi 12-o‘yin bo‘ladi. Bunga qadar bo‘lgan 11 o‘yinning 9 tasi Eron foydasiga hal bo‘lgan, bitta o‘yinda O‘zbekiston g‘alaba qozongan va yana bir o‘yin durang bilan tugagan.

    • Eng ko‘p qayd etilgan hisob — 1:0 / 0:1
    • Eng yirik hisob — 0:4
    • To‘purar — Ali Dayi (3 ta gol)
    Foto: O‘FA

    O‘zaro o‘yinlar

    1998-yil. O‘zbekiston — Eron 0:4

    Jamoalarning ilk to‘qnashuvi 1998-yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida kechgan. Chorak finalda amaldagi chempion hisoblangan O‘zbekiston forslardan qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilib oladi. Avvaliga Ali Movsavi birinchi bo‘limda hisobni ochadi. Uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqaligida Eron afsonasi Ali Dayi ketma-ket uch bor Pavel Bugalo darvozasini ishg‘ol qiladi.

    Bu jamoalar qarama-qarshiligidagi eng sermahsul o‘yin va eng yirik hisob bo‘lib qolmoqda.

    2007-yil. Eron — O‘zbekiston 2:1

    Malayziya maydonlarida o‘tgan 2007-yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston dastlabki turda Eronga 1:2 hisobida yutqazadi. Avvaliga O‘zbekiston Rahmon Rizoining avtogoli evaziga oldinga o‘tib oladi, biroq ikkinchi bo‘limda forslar Said Jalol Hussayni va Javad Kazemianning gollari evaziga g‘alabani ilib ketadi.

    Foto: Getty Images

    Keyinroq O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Xitoyni yirik hisobda yutib, guruhdan 2-o‘rin bilan chiqadi. Ammo chorak finalda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘yadi.

    2009-yil. O‘zbekiston — Eron 0:0

    Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida nursiz durang qayd etiladi. Bu o‘zaro o‘yinlar tarixida gol urilmagan yagona uchrashuv bo‘lib turibdi.

    2012-yil. O‘zbekiston — Eron 0:1

    Futbol bo‘yicha 2014-yilgi Jahon Chempionatiga hal qiluvchi saralash bosqichining 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni qabul qiladi. O‘yin davomida maydon egalari katta ustunlikka ega bo‘ladi va vaziyatni nazorat qiladi. Odil Ahmedov tomonidan urilgan gol Yuichi Nishimura boshchiligidagi hakamlar tomonidan inobatga olinmaydi.

    Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 3-daqiqasida Muhammad Rizo Halatbori forslarning kam sonli hujumlaridan birini golga aylantiradi. Ushbu alamli mag‘lubiyatdan keyin Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan olinadi va uning o‘rnini Mirjalol Qosimov egallaydi.

    2012-yil. Eron — O‘zbekiston 0:1

    Foto: Getty Images

    Oradan besh oy o‘tib “Ozodi” stadionida javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bu safar bahs Toshkentdagi o‘yinning deyarli teskari ssenariysi asosida o‘tadi. O‘zbekistonliklar Ulug‘bek Baqoyevning 71-daqiqadagi goli evaziga g‘alabani ilib ketadi.

    Bu hozircha O‘zbekistonning Eron ustidan qozongan yagona g‘alabasi bo‘lib turibdi.

    2015-yil. O‘zbekiston — Eron 0:1

    Jamoalar 2015-yilning noyabrida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mehdi Torabi tomonidan urilgan yagona gol forslarga g‘alaba keltiradi.

    2016-yil. O‘zbekiston — Eron 0:1

    Foto: Hasan Pirmuhammedov

    2018-yilgi Jahon Chempionati 3-saralash bosqichida jamoalar yana bir guruhdan joy oladi. Bu safar ham Eron minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritadi. Said Jalol Hussayni — g‘alaba goli muallifi.

    2017-yil. Eron — O‘zbekiston 2:0

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi davradagi o‘yinda forslar O‘zbekistonga imkoniyat qoldirmaydi. Sardor Azmun va Mehdi Taremining gollari Eronga g‘alaba keltiradi. Bu g‘alaba orqali Karlush Keyrush shogirdlari mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi.

    2018-yil. Eron — O‘zbekiston 1:0

    “Ozodi” stadionida o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida eronliklar yana 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritadi. Uchrashuvdagi yagona golga Ro‘zbeh Cheshmi mualliflik qiladi.

    2018-yil. O‘zbekiston — Eron 0:1

    O‘sha yili “Bunyodkor” o‘yingohida ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu safarda ham Eron 1:0 hisobi bilan yutadi. Golni o‘yindan roppa-rosa uch yil oldingi bahsdagidek Mehdi Torabi uradi.

    2020-yil. O‘zbekiston — Eron 1:2

    Foto: O‘FA

    Jamoalar o‘rtasidagi oxirgi o‘yin 2020-yilning oktabr oyida o‘tkazilgandi. “Paxtakor” stadionidagi o‘rtoqlik bahsida mehmonlar 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonadi. Sardor Azmun va Mehdi Taremining gollariga Eldor Shomurodov javob qaytaradi.

    2023-yil. O‘zbekiston — Eron

    Markaziy Osiyo milliy terma jamoalari ishtirokida ilk bor o‘tkazilayotgan musobaqa finalida mintaqaning eng kuchli ikki jamoasi o‘zaro to‘qnash kelmoqda. O‘zbekiston va Eron guruh bosqichida kutilganidek raqiblariga hech qanday imkon qoldirmadi.

    Srechko Katanes qo‘l ostidagi jamoa bu o‘yinda statistikani yaxshilash va “qora an’ana”larga barham berish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

    • O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida hech qachon Eronni yuta olmagan
    • O‘zbekiston futbolchilari shu vaqtga qadar Eronga 2 ta gol urgan, yana bitta avtogol qayd etilgan
    • Baqoyev va Shomurodovdan boshqa hech kim forslar darvozasiga yo‘l topa olmagan.

    O‘yin 20-iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida 20:30 da boshlanadi.

    20.06.2023, 13:29   Izoh (0)   14881
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliganing 13-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari va unda ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

    20.06.2023, 10:44

    Maqsadi sari faqat olg‘a yuradigan, hayot qiyinchiliklarini yenga olgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina 48 yoshga to‘ldi

    19.06.2023, 23:22

    O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan irodali g‘alabaga erishdi, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi esa Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi

    19.06.2023, 21:33

    Zaynab Dayibekova qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi

    19.06.2023, 17:49

    Amir G‘alenoi: “O‘zbekiston va Eron — Osiyoning eng kuchli jamoalaridan. Finalda yaxshi o‘yin ko‘ramiz”

    19.06.2023, 16:56

    “Maydonda jang bo‘lishi aniq” — Vlado Radmanovich CAFA finali haqida

    19.06.2023, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.