Shavkat Mirziyoyev prezident Ibrohim Raisiy taklifiga binoan18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronga jo‘nab ketgandi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbari Tehron shahriga yetib borganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezdentini “Mehrobod” xalqaro aeroportida Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Shavkat Mirziyoyev Tehronda prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomanaiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)