Kuchli shamol Samarqand viloyatining qator hududlarida elektr ta’minoti o‘chirildi. Bu haqda Eneregtika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, buning natijasida 18-iyun kuni soat 11:30 dan Jomboy, Past Darg‘om va Bulung‘ur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ra hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishini bildirdi.
“O‘zgidromet” 18-iyunda ba’zi joylarda shamol tezligi 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)